O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

“Atoqli davlat va jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, samimiy va kamtarin inson Kallibek Kamalovning xotirasi qalblarimizda doimo saqlanib qoladi”, deyiladi hamdarlikda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Kallibek Kamalovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Kallibek Kamalov 11-fevral kuni 100 yoshida olamdan oʻtdi.

 

Kallibek Kamalov 1926-yil 18-martda Qoraqalpogʻistonning Taxtako‘pir tumanida tug‘ilib, mehnat faoliyatini yoshlar qo‘mitasi kotibi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, Nukus shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi kommunal xo‘jaligi va yo‘l transporti vaziri, Qoraqalpog‘iston partiya qo‘mitasi kotibi lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

 

1959–1963-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 1963–1984-yillarda esa partiya qo‘mitasining birinchi kotibi sifatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va sohalarni zamon talablari asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan. 1984–1986-yillarda esa diplomat sifatida samarali faoliyat koʻrsatgan.

 

Uning rahbarligi va fidoyiligi natijasida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, sanoat va ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanib, aholining turmush darajasi yaxshilandi. So‘nggi yillarda K.Kamalov nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida faol ishlagan.

 

Kallibek Kamalov “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Uning xotirasi qalblarimizda doimo saqlanib qoladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"