0

Angrendagi tirbandlikka Qamchiq dovonida joriy etilgan cheklov sabab bo'ldi

Toshkent viloyati YHXB Angrendagi tirbandlik bo‘yicha munosabat bildirdi.

Angrendagi tirbandlikka Qamchiq dovonida joriy etilgan cheklov sabab bo'ldi

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Angren orqali vodiy hududlari tomon olib boruvchi yo‘lda yirik tirbandlik yuzaga kelgani, harakat deyarli to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 12–13 fevral kunlari Qamchiq dovoni hududida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli avtomobil harakatiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Keyinchalik harakat tiklangach, A373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining Angren shahri hududidan o‘tuvchi qismida transport oqimi keskin ortgani bois tirbandlik yuzaga kelgan.

 

Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan tirbandlik to‘liq bartaraf etilgani, avtomobil yo‘lida harakat barqarorlashgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"