O'zbekiston

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

 

O‘zgidromet joriy yilning 16–17-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

Xususan, xavf quyidagi viloyatlar va tumanlarni qamrab oladi:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor.
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot.
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon.
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana.
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod.
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari.
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on.
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq.
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat va Xonabod shahri.

 

Fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan tog‘li hududlarda yomg‘irlar va suv to‘planishi sababli yo‘l harakatida ehtiyot bo‘lish, zarur bo‘lsa, sayohat va dam olishni kechiktirish, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud hududlarda xavfsiz masofani saqlash va favqulodda holatlarda Favqulodda Vaziyatlar vazirligining ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raladi.

 

Favqulodda Vaziyatlar vazirligi ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi | Zamon.uz