Jahon

AQSH O‘zbekistondagi ayrim shaxslarga viza cheklovlari joriy etdi

Cheklovlar ikki viza rasmiylashtirish kompaniyasining rahbarlari va yuqori lavozimli xodimlariga nisbatan qo‘llanib, ular noqonuniy migratsiyani muvofiqlashtirishda gumon qilinmoqda.

AQSH O‘zbekistondagi ayrim shaxslarga viza cheklovlari joriy etdi

 

 

AQSH Davlat departamenti O‘zbekiston hududida noqonuniy immigratsiyani tashkil qilgan shaxslarga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi. Mazkur choralar O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi ikkita viza rasmiylashtirish kompaniyasining rahbarlari va yuqori lavozimli mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar AQSHga noqonuniy immigratsiya qilishni rejalashtirgan xorijiy fuqarolarga, jumladan voyaga yetmaganlarga, safar xizmatlarini tashkil etishda yordam bergan.

 

Tergov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ayrim shaxslar noqonuniy immigratsiyani rejalashtirgan shaxslar uchun transport va tranzit yo‘nalishlarini muvofiqlashtirgan. Ular aeroportlar orqali va davlatlararo chegaralar orqali Markaziy Amerikadagi tranzit nuqtalargacha yetib borishgan, keyinchalik ushbu shaxslarning aksariyati AQSH hududiga noqonuniy kirishga urinish chog‘ida qo‘lga olingan.

 

Mazkur cheklovlar AQSHning Immigratsiya va fuqarolik to‘g‘risidagi qonunining 212(a)(3)(S)-moddasiga muvofiq qo‘llanilib, ushbu norma AQSH tashqi siyosati manfaatlariga jiddiy salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqlashni nazarda tutadi.

 

AQSH tomoni milliy xavfsizlik va immigratsiya qonunchiligini buzishga qaratilgan har qanday urinishlarga murosasiz munosabat bildirishini taʼkidladi. Shuningdek, noqonuniy migratsiyadan foyda ko‘ruvchi shaxslar va tarmoqlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishi, odam savdosi va noqonuniy tashish bilan bog‘liq tarmoqlarga qarshi kurash izchil davom ettirilishi qayd etildi.

 

Bayonotda AQSH hukumati O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlikni yuqori baholagan, jinoiy tarmoqlar faoliyatini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasidagi hamkorlikning davom etishini taʼkidladi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.