Jahon

Rossiya OAVlarida O‘zbekiston Prezidentining rasmiy samolyoti “AQSH harbiy samolyoti” deb ataldi

Vashingtondan parvoz qilgan va Rossiya hududi orqali uchgan layner Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkentga qaytayotgan rasmiy borti bo‘lgan.

Rossiya OAVlarida O‘zbekiston Prezidentining rasmiy samolyoti “AQSH harbiy samolyoti” deb ataldi

 

Rossiyaning ayrim Telegram kanallari hamda bir qator ommaviy axborot vositalarida AQSHdan havoga ko‘tarilib, Rossiya havo hududi orqali parvoz qilgan “noma’lum Boeing 787” haqida turli taxminiy xabarlar tarqatildi. Ayrim nashrlar ushbu bortni “AQSH harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot” sifatida talqin qilgan.

 

Ochiq manbalarda, jumladan parvozlarni kuzatish servislaridagi ma’lumotlarga tayanilgan holda, samolyot Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasidan uchgani, Murmansk viloyati ustidan Rossiya havo hududiga kirgani va keyinchalik kuzatuv tizimlarida to‘liq aks etmagani haqida xabarlar berilgan. Shuningdek, ayrim manbalarda bort Qozog‘iston chegarasi tomon yo‘l olgani qayd etilgan.

 

Aslida esa mazkur layner O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy samolyoti bo‘lib, davlat rahbari AQSHga amalga oshirilgan tashrif doirasida “Tinchlik kengashi”ning birinchi sammitida ishtirok etgach, Toshkentga qaytayotgan bo‘lgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hukumat delegatsiyalari va maxsus reyslar ko‘pincha ochiq kuzatuv platformalarida to‘liq yoki doimiy ravishda aks etmasligi amaliyotda keng uchraydigan holat hisoblanadi.

 

Ochiq manbalarga ko‘ra, samolyot Vashington shahridan Toshkent vaqti bilan 00:12 da havoga ko‘tarilgan hamda Kanada, Grenlandiya, Yevropa davlatlari, Rossiya va Qozog‘iston hududlari ustidan parvoz qilib, soat 12:14 da Toshkent shahriga yetib kelgan.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.