Jahon

AQSh Eronga ehtimoliy zarba oldidan aviatashuvchi guruh kelishini kutmoqda — WP

AQSh mintaqadagi harbiy kuchlarini oshirgan, biroq harbiy operatsiya bo‘yicha yakuniy qaror hali rasman tasdiqlanmagan.

AQSh Eronga ehtimoliy zarba oldidan aviatashuvchi guruh kelishini kutmoqda — WP

 

AQSh Eronga nisbatan ehtimoliy harbiy zarba berish masalasida tayyorgarlik choralarini kuchaytirgan va yakuniy qaror qabul qilinishidan avval qo‘shimcha harbiy kuchlarning mintaqaga yetib kelishini kutmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri AQShning amaldagi va sobiq rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Vashington so‘nggi haftalarda Yaqin Sharqdagi harbiy salohiyatini oshirgan va ayni paytda USS Gerald R. Ford aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba beruvchi guruhning kelishini kutmoqda. Mazkur harbiy kemalar Karib dengizidan mintaqaga yo‘naltirilgan bo‘lib, Gibraltar bo‘g‘oziga yaqinlashgani ta’kidlanmoqda. Bu esa zarur qaror qabul qilingan taqdirda, harbiy harakatlar qisqa muddat ichida boshlanishi mumkinligini anglatadi.

 

Avvalroq Axios nashri ham Eron qirg‘oqlari yaqiniga ikkinchi aviatashuvchi yuborilgani haqida xabar bergan edi. Xabarga ko‘ra, USS Abraham Lincoln allaqachon mintaqada joylashgan bo‘lib, qo‘shimcha zarba beruvchi guruhning yetib borishi uchun bir necha hafta talab etilishi mumkin.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari yopiq yig‘ilishlarda prezident maslahatchilariga Amerika qo‘shinlari mart oyining o‘rtalariga qadar Yaqin Sharqqa to‘liq joylashtirilishi mumkinligini bildirgan. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy operatsiyani rasman ma’qullagan yoki yo‘qligi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

 

Shuningdek, ayrim manbalar ehtimoliy harbiy qaror vaqtiga xalqaro omillar ham ta’sir qilishi mumkinligini qayd etgan. Xususan, Italiyaning Kortina-d’Ampezzo shahrida o‘tkazilgan Qishki Olimpiada yakunlanishi ham muhokama qilingan omillar qatorida tilga olingan.

 

Nashrning yozishicha, agar Pentagon tomonidan zarba berish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinsa, AQSh qo‘shinlarining bir qismi Yaqin Sharqdagi ayrim bazalardan qayta joylashtirilishi mumkin. CBS News manbalari esa ayrim tayyorgarlik jarayonlari allaqachon boshlanganini bildirgan.

 

Dastlab AQSh harbiy kuchlarini ko‘paytirish orqali Tehronni yadroviy muzokaralarda yon berishga undash maqsad qilingani aytilmoqda. Biroq diplomatik manbalarga ko‘ra, so‘nggi Jeneva muzokaralaridan keyin Eron o‘zining asosiy pozitsiyalaridan, jumladan uranni boyitish huquqi masalasida chekinishga tayyor emasligi haqida signal bergan.

 

O‘z navbatida, Prezident Donald Tramp 19-fevral kuni yaqin o‘n kun ichida Eron bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha muhim voqealar yuz berishi mumkinligini bildirgan va agar kelishuvga erishilmasa, “jiddiy oqibatlar” yuzaga kelishi ehtimolini istisno etmagan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

AQSh Eronga ehtimoliy zarba oldidan aviatashuvchi guruh kelishini kutmoqda — WP | Zamon.uz