O'zbekiston

Buxoroda “Xalq banki” mansabdori, Sirdaryoda MCHJ menejeri pora bilan qo‘lga tushdi

Kredit va uy-joy subsidiyasi soxtalashtirilishi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Buxoroda “Xalq banki” mansabdori, Sirdaryoda MCHJ menejeri pora bilan qo‘lga tushdi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida mansabdor shaxslarning firibgarlik harakatlari fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

Buxoro viloyatida AT “Xalq banki” Romitan shahridagi standart bank xizmatlari markazi shoʼba mudiri xizmat mavqesidan foydalangan holda boshqa tijorat bankida ish olib boruvchi tanishlari orqali 800 mln so‘m miqdoridagi kredit mablag‘ini ajratish evaziga 2 000 AQSH dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida u 1 000 AQSH dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlangan. Mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 192 prim 9-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, tadbirkorlik subyektlariga mikroqarzlar berish bilan shug‘ullanuvchi MCHJning Guliston shahar filiali menejeri o‘zining hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali, Oqoltin tumanida yashovchi fuqaroga imtiyozli ravishda uy-joy olishi uchun subsidiya mablag‘i ajratilishida yordam berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilgan va 96 mln so‘m olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"