Jahon

Buxoroda o‘ldirilgan turkiyalik biznesmen ishi bo‘yicha 4 gumonlanuvchi Istanbulda qo‘lga olindi

Biznesmen va gumonlanuvchi O‘zbekistonga restoran ochish masalasi bo‘yicha kelgan va tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Buxoroda o‘ldirilgan turkiyalik biznesmen ishi bo‘yicha 4 gumonlanuvchi Istanbulda qo‘lga olindi

 

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida 2025-yil 17-oktyabr kuni qisman tuproq bilan yopilgan erkak jasadi aniqlangan edi. Mazkur jinoyat O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida fosh etildi.

 

Turkiyaning Habertürk nashri xabariga ko‘ra, jasadni hududda chorva boqib yurgan cho‘pon topgan. Dastlabki tergov harakatlari davomida marhum pichoqlab o‘ldirilgani maʼlum bo‘lgan.

 

Hodisa joyi yaqinidan o‘tgan avtomobilning davlat raqami aniqlanib, ushbu transport vositasi Istanbul shahrida yashovchi Turkiya fuqarosi Suat T. (51) tomonidan ijaraga olingani maʼlum qilingan. Avtomobil kriminalistik tekshiruvdan o‘tkazilganda luminol vositasi yordamida qon izlari aniqlangan. Olingan biologik namunalarning jasaddan olingan material bilan mos kelishi tasdiqlangan.

 

Keyinchalik marhumning shaxsi Turkiya fuqarosi, 49 yoshli Kadir Tunch ekani aniqlangan. U bo‘yicha 2025-yil 3-iyun kuni qarindoshlari tomonidan bedarak yo‘qolganlik haqida ariza berilgan. O‘zbekiston tomonidan yuborilgan DNK namunalari Turkiyada marhumning farzandlaridan olingan namunalar bilan solishtirilib, shaxsi rasman tasdiqlangan.

 

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Suat T. hamda yana uch nafar gumonlanuvchi Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

 

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Kadir Tunch va Suat T. O‘zbekistonga restoran ochish masalasini muhokama qilish uchun kelgan. Biroq tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Gumonlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u biznes loyihasi uchun 20 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ berganini, kelishuv bekor qilingach esa ushbu pulni qaytarishni talab qilgan. Mojaro davomida janjal kelib chiqqan va hodisa sodir bo‘lgan.

 

Gumonlanuvchi ko‘rsatmasida jasad avtomobildan tushirilib, yo‘l chetiga olib chiqilgani hamda ustiga tuproq sepilgani, shundan so‘ng ular Turkiyaga qaytib ketganini bildirgan. Keyinchalik avtomobilni topshirish maqsadida yana bir shaxs O‘zbekistonga yuborilgani aniqlangan.

 

Hozirda gumonlanuvchilar qo‘lga olinib, tergov harakatlari yakunlangach sud organlariga topshirilgan. Jinoyatning tafsilotlarini aniqlash yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.