Jahon

Epshteyn ishida Trampni ayblagan ayolning ko‘rsatmalari e’lon qilindi

AQSH Adliya vazirligi moliyachi va jinsiy jinoyatchi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ilgari e’lon qilinmagan Federal qidiruv byurosi hujjatlarini oshkor qildi.

Epshteyn ishida Trampni ayblagan ayolning ko‘rsatmalari e’lon qilindi

Epshteyn ishi bo'yicha yaqinda ochiqlangan hujjatlarda bir ayolning Donald Trampni jinsiy jinoyatlarda ayblagan bayonotlari ham o‘rin olgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

 

Agentlik xabariga ko‘ra, hujjatlar 5-mart kuni vazirlik rasmiy saytida e’lon qilingan. Federal qidiruv byurosi materialida 2019-yilda tergovchilar nomi oshkor qilinmagan ayolni Epshteyn ishi yuzasidan to‘rt marta so‘roq qilgani keltirilgan. 

 

Avval Adliya vazirligi faqat bitta uchrashuv haqida qisqacha ma’lumot bergan edi. O‘sha uchrashuvda ayol Epshteyn unga o‘smirlik paytida tegajog‘lik qilganini aytgandi.

 

Yangi hujjatlarda ayol 1980-yillarda, ya’ni 13–15 yoshda bo‘lganida Epshteyn uni Tramp bilan tanishtirganini va Tramp uni g‘ayriinsoniy jinsiy aloqa qilishga majburlashga uringanini bildirgan. Reuters bu da’volarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan.

 

Oq uy matbuot kotibi esa ushbu ayblovlarni “mutlaqo asossiz va hech qanday ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan” deb atadi. Adliya vazirligi ham e’lon qilingan materiallarning bir qismida Trampga nisbatan “ishonchsiz va shov-shuvli da’volar” bo‘lishi mumkinligini ogohlantirgan. Hujjatlar ilgari “takroriy fayllar” deb belgilangan 15 ta hujjat orasida bo‘lganligi sababli e’lon qilinmagani aytilgan.

 

Epshteyn ishi bilan bog‘liq mazkur hujjatlar Kongress bosimi fonida jamoatchilikka oshkor qilinmoqda. Demokratlar Tramp ma’muriyatini prezidentga aloqador materiallarni yashirishda ayblamoqda. 

 

Xususan, CNN telekanali Epshteyn ishi bo‘yicha keyingi e’lon qilingan hujjatlarda ayrim tergov ma’lumotlari “yo‘qolganini” bildirgan edi.

 

AQSH ommaviy axborot vositalari anonim da’vogar ayolning fuqarolik sudlariga bir necha bor da’vo arizasi berganini xabar qilgan. U o‘smir paytida Tramp va Epshteyn uning nisbatan jinsiy jinoyatlar sodir etganini iddao qilgan, ammo da’volar keyinchalik qaytarilgan va sudda ko‘rib chiqilmagan.

 

2008-yilda Jeffri Epshteyn voyaga yetmagan shaxsni fohishalikka undashda sudlangan, 2019-yilda esa ayollar, jumladan, voyaga yetmaganlar savdosi va fohishalikka undashda ayblangan. Shu yili u qamoqxona kamerasida vafot etgan, uning sherigi Gisleyn Maksvell esa keyinchalik 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

 

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.