Madaniyat

O‘zbekiston va Tojikiston madaniyat arboblari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Mukofotlarni ikki davlat madaniyat vazirlari tantanali ravishda topshirdi.

O‘zbekiston va Tojikiston madaniyat arboblari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ikki mamlakatning bir guruh madaniyat va san’at sohasi vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatidagi “Nuri niyogon” shashmaqom ansambli rahbari Shuhratjon Nabiyev O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

 

Shuningdek, Tojikiston Prezidentining farmoniga asosan, O‘zbekistondagi Tojik milliy madaniy markazi rahbari Gulandom Subxonova Tojikiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

 

Davlat mukofotlarini tantanali ravishda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Tojikiston madaniyat vaziri Matlubaxon Sattoriyon topshirdi.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Tojikistonda o‘tkazilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida ham ikki mamlakatning bir guruh madaniyat va san’at arboblari yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlangan edi.

 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 26–27 mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

 

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki davlat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Ayni kunlarda mamlakatimizda “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” tadbirlari ham bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur madaniy tadbirlar 29-mart kuniga qadar davom etadi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.