Jinoyat

Toshkentda Tracker’da odamlarni qasddan urib ketgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda Tracker’da odamlarni qasddan urib ketgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 26-mart kuni Tracker haydovchisi bir guruh odamlarni qasddan urib yuborgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Hodisa tumandagi Niyozbek yo‘li va Xalqobod ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib borilganida, fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik oqibatida janjal yuzaga kelgani aniqlangan.

 

Janjal yakunlanish arafasida bo‘lgan paytda Tracker haydovchisi harakatlanib kelib, to‘rt nafar fuqaroni urib yuborgan. Hodisa joyidan zarur daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga urinish) hamda 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Samarqandda voyaga yetmagan yigit 5 yoshli qizchani mashinada urib, qochib ketgani haqida xabar berilgandi. 

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Toshkentda Tracker’da odamlarni qasddan urib ketgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | Zamon.uz