Madaniyat

Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yo‘l oldi

Film islom olamining boy intellektual va ma’naviy merosini, Markaziy Osiyo buyuk mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yoritadi.

Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yo‘l oldi

Oʻzbekistondagi Islom sivilitsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mualliflik tashabbusi asosida yaratilgan «Ma’rifat aks-sadosi» hujjatli filmlar seriyasi jahon kino sanoatining nufuzli mukofotlaridan biri — New York Festivals TV & Film Awards 2026 tanlovining final bosqichiga yo‘l oldi. Loyihada jahon miqyosida tan olingan, “Oskar” mukofoti sohibi aktyor Ben Kingsli ishtirok etgan.

 

Mazkur yutuq loyihaning xalqaro ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanganini anglatadi. Final bosqichida hujjatli film bronza, kumush yoki oltin toifalari bo‘yicha mukofotlardan biriga da’vogarlik qiladi. Tanlov g‘oliblari 2026-yil 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan Storytellers Gala taqdirlash marosimi doirasida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

 

Hujjatli film islom olamining boy intellektual va ma’naviy merosini Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar — Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino va boshqa allomalarning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi orqali keng yoritib beradi. Shuningdek, loyihada Temuriylar va Boburiylar davri, hamda mintaqaning boshqa tarixiy sivilizatsiyalari merosi chuqur tahlil qilinib, ularning ilm-fan, tibbiyot va falsafa rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy-ommabop yondashuvda taqdim etilgan.

 

Avvalroq mazkur loyiha materiallari xalqaro auditoriyaga taqdim etilgan bo‘lib, CNN, BBC va Euronews kabi yetakchi jahon telekanallarida efirga uzatilgani uning global axborot maydonidagi nufuzini yanada oshirdi.

 

New York Festivals TV & Film Awards xalqaro mukofoti televideniye va kino sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lib, qat’iy saralash tizimi, ishtirokchilarning keng geografiyasi hamda raqobatning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Ushbu mukofot doirasida ilgari BBC, National Geographic va Netflix kabi yetakchi media kompaniyalar tomonidan yaratilgan loyihalar eng yuqori baholarga sazovor bo‘lgan.

 

O‘zbekistondagi Islom sivilitsiyasi markazi bugungi kunda xalqaro ilmiy-madaniy maydonda faol pozitsiyani egallab, akademik tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar va global media kommunikatsiyalar uyg‘unligiga asoslangan loyihalarni izchil amalga oshirib kelmoqda.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.

Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yo‘l oldi | Zamon.uz