Jahon

AQSh o‘zining minglab desantchilarini Yaqin Sharqqa joylashtirmoqda

Harbiylar Eronning neft eksporti uchun muhim bo‘lgan Xarg orolini egallash uchun safarbar qilinishi mumkin.

AQSh o‘zining minglab desantchilarini Yaqin Sharqqa joylashtirmoqda

AQSh armiyasining elita 82-havo-desant diviziyasiga qarashli minglab harbiylar Yaqin Sharqqa yetib kelishni boshladi. Bu haqda Reuters ikki amerikalik rasmiy manbaga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bu voqea AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush bo‘yicha keyingi qadamlarini ko‘rib chiqayotgan bir paytda ro‘y bermoqda.

 

Shimoliy Karolina shtatining Fort-Bregg shahrida joylashgan parashyutchilar mintaqaga yuborilgan minglab qo‘shimcha dengizchilar, dengiz piyodalari va maxsus operatsiya kuchlariga qo‘shilishadi. Dam olish kunlari Yaqin Sharqqa taxminan 2500 dengiz piyodasi yetib keldi.

 

Anonim manbalar jurnalistlarga qo‘shinlarning aniq qayerda joylashtirilishi hozircha ma’lum qilinmaganini bildirgan.

 

“Qo‘shimcha kuchlar 82-havo-desant diviziyasining shtab bo‘linmalari, ba’zi logistika va boshqa yordamchi bo‘linmalar hamda bitta jangovar brigadani o‘z ichiga oladi. Eron tomoniga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan, ammo ular mintaqadagi kelajakdagi operatsiyalar uchun quvvatni oshiradi”, — deya Reuters bir rasmiyning so‘zlarini keltirgan.

 

Ma’lum qilinishicha, harbiylar Eron bilan urushda bir nechta maqsadda, xususan, Eron neft eksportining 90 foizi to‘g‘ri keladigan Xarg orolini egallab olish uchun safarbar etilishi mumkinligi qayd etilmoqda.

 

“AQSh quruqlik qo‘shinlarining har qanday qo‘llanilishi Donald Tramp uchun jiddiy siyosiy risklarni yuzaga keltirishi mumkin, chunki AQSh jamoatchiligi Eronga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlamaydi va prezidentning saylovoldi va’dalari AQShni Yaqin Sharqdagi yangi mojarolarga jalb qilmaslikni nazarda tutgan edi”, deyiladi xabarda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh o‘zining minglab desantchilarini Yaqin Sharqqa joylashtirmoqda | Zamon.uz