Jinoyat

Toshkentda 2 nafar bozor qorovuli itlar ustiga mashina haydadi

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Toshkentda 2 nafar bozor qorovuli itlar ustiga mashina haydadi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar fuqaro avtomashinalarida kuchuklarni ustiga haydayotganliklari aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 5-aprel kuni taxminan soat 23.00 larda Uchtepa tumanidagi bozorlarning birida qorovul bo‘lib ishlovchi 1997-yilda tug‘ilgan T.M. va 1996-yilda tug‘ilgan M.D. lar o‘zlarining avtomashinalarini kuchuklar ustiga haydagan.

    

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

 

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

 

Avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlayotgani haqida xabar bergandik.

 

Taklif etilayotgan yangi qonun loyihasida esa jazo choralarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Xususan, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jarimalarni 200 BHMgacha (80 mln so‘mdan ortiq) oshirish hamda bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish taklif qilinmoqda.

 

 

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Toshkentda 2 nafar bozor qorovuli itlar ustiga mashina haydadi | Zamon.uz