Madaniyat

“Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi yakunlandi

Forum tanlovlarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar taqdirlandi.

“Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi yakunlandi

Joriy yilning 1-4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi ilk marotaba tashkil etildi. 

 

 

Madaniyat vazirligi tomonidan 4 kun davom etgan mazkur forumda yurtimizdagi madaniyat va san’at sohasida ta’lim olayotgan va faoliyat olib borayotgan 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 600 nafardan ortiq iqtidorli ijodkor yoshlar jalb etildi.

 

4 kun davom etgan mazkur forum doirasida yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan bir qator tadbirlar o‘tkazildi, jumladan:

 

- Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi;

 

- “Xush kayfiyat” respublika yosh askiya va qiziqchilar ko‘rik tanlovi;

 

- “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali;

 

- “Folk party” folklor jamoalari respublika festivali;

 

- “Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi;

 

- yosh teatr rejissyorlari va aktyorlarining seminar-treningi;

 

- yoshlar o‘rtasida samimiy do‘stona muhit yaratish, ularning muammolariga yechim topish, takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ochiq muloqot uchrashuvlari;

 

- “Yosh ommaviy bayramlar rejissyorlarining mahoratini oshirish va ularning faoliyatiga ko‘maklashish” mavzusidagi seminar-trening;

 

- forum yo‘nalishlari doirasida ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari;

 

- taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar;

 

- “Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman;

 

- “Sumalak sayli”;

 

- yakuniy gala-konsert va taqdirlash marosimi kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

 

Kuni kecha poytaxtdagi “Turkiston” saroyida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Unda, madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov, taniqli madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda forum ishtirokchilari qatnashdi.

 

 

Marosim avvalida taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi. So‘ng, 1-4-aprel kunlari forum doirasidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar e’lon qilinib, quyidagilar taqdirlandi:

 

Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan  qo‘shiqlar tanlovi sovrindorlari:

 

1-o‘rin. G‘aybullayev Jasurbek Hasan o‘g‘li;

 

2-o‘rin. Botir Zokirov davomchilari estrada guruhi;

 

3-o‘rin. Sharofiddinova Laylo Avazbek qizi;

 

 

“Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi sovrindorlari:

 

1-yosh toifasi bo‘yicha (16-18 yosh)

 

1-o‘rin. Ardasheva Leyla Farruxovna;

 

1-o‘rin. Sadinov Amal Ravshanovich;

 

2-o‘rin. Muxitdinova Milana Rifatovna; 

 

2-o‘rin. Teodorokapulo Nikoleta Valeryevna;

 

3-o‘rin. Kistanova Milana Vladimirovna; 

 

3-o‘rin. Allambergenov Begis Begimbayevich;

 

2-yosh toifasi bo‘yicha (19-22)

 

1-o‘rin. Kuchkarov Abdug‘appor Nodirjon o‘g‘li; 

 

2-o‘rin. Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna;

 

3-o‘rin. Asrorov Jahongir Abdujalil o‘g‘li;

 

3-o‘rin. Zivatdinova Shoxida Shuhratovna;

 

“Tomoshabinlar e’tirofi” nominatsiyasi g'olibi– Satbayev Shing‘is Rinat uli;

 

“Tomoshabinlar e’tirofi” nominatsiyasi g'olibi– Ashrapova Safina Farxadovna;

 

 “Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilari festivali sovrindorlari:

 

“Eng yaxshi yosh ijrochi” nominatsiyasi g'olibi– To‘xtayeva Oynoz Alisherovna;

 

“Eng yaxshi erkak ovozi” nominatsiyasi g'olibi–Jumayev Suxrob Bahodir o‘g‘li;

 

“Eng yaxshi ayol ovozi” nominatsiyasi g'olibi–Suyonova Bekzoda Ixtiyor qizi;

 

“Eng yaxshi jahon opera ijrochisi” nominatsiyasi g'olibi– Kidirbayev Baxit Baxtiyar uli;

 

“Eng yaxshi o‘zbek opera ijrochisi” nominatsiyasi g'olibi– Ilyasov Rustam Fazilovich;

 

“Xush kayfiyat” respublika yosh askiya va qiziqchilari tanlovi sovrindorlari:

 

Askiya yo‘nalishi bo‘yicha:

 

1-o‘rin. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa mahorat maktabi askiyachilari;

 

2-o‘rin. Sirdaryo viloyati Gulxanda askiyachilar jamoasi;

 

3-o‘rin. Qashqadaryo Ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi askiyachilari;

 

Qiziqchilik yo‘nalishi bo‘yicha:

 

1-o‘rin Boymurodov Shahzod;

 

2-o‘rin Yusupov Nodir;

 

3-o‘rin Shahzod va Temur;

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.