Jinoyat

Andijon, Namangan va Farg‘onada  mansabdorlar pora bilan ushlandi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarining pora olgani tasdiqlandi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada  mansabdorlar pora bilan ushlandi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bir nechta korrupsion holatlar aniqlanib, mansabdor shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar berdi.

 

Avvalroq Andijondagi holatda viloyat hokimi o‘rinbosari Isomiddin Ismanov pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir tasvirlari e’lon qilindi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Isomiddin Ismanov o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkordan 20 sotix davlat zaxirasidagi yer maydonini rasmiylashtirib berish va qurilish ishlari uchun ruxsatnoma olish evaziga 50 ming AQSH dollarini talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs o‘z yashash xonadonida pulni olayotgan vaqtda ushlangan.

 

Shuningdek, Namanganda tuman qurilish bo‘limi bosh arxitektori, mahalliy oilaviy korxonaga tegishli avtomobillar yuvish shoxobchasining loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berish va tasarruf qilish bo‘yicha taqiqni bekor qilish evaziga 1500 AQSH dollarini talab qilgani aniqlangan. Tezkor tadbirda bosh arxitektor 1000 dollarni tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona rahbari ilgari sud tomonidan 43,3 mln so‘m jarima to‘lagan, ammo bosh arxitektor unga qonuniy yechim ko‘rsatmasdan, pora talab qilgan.

 

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari esa o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, mahalliy fuqaroning ishonganini ishlatib, uni Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasasiga kirish evaziga 2000 AQSH dollarini olgan. Ushu mansabdor ham Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ushlangan.

 

Hozirda har uchala holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Andijon, Namangan va Farg‘onada  mansabdorlar pora bilan ushlandi | Zamon.uz