O'zbekiston

Denovda gaz zapravkada portlash sodir bo'ldi

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Denovda gaz zapravkada portlash sodir bo'ldi

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi gaz zapravkada yong'in yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 7-aprel kuni soat 08:24 da “112” tizimidan Surxondaryo viloyati FVBga Denov tumani, “Oqtom” MFYda joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib tushgani haqida xabar kelib tushgan. 

 

Shoxobchadagi yong‘in “KAMAZ” rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga gazini quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgani natijasida yuzaga kelgan.

 

Hodisa joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 08:39 da yetib borib, yong‘in soat 08:42 da o‘rab olingan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sig‘imning yorilishi sababi maxsus avtomobildan propan gazini bo‘shatish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi deb taxmin qilinmoqda.

 

Voqea joyiga viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani IIB, SSB, “Hududgazta’minot” rahbar va xodimlari chiqishgan hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

 

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

 

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.