O'zbekiston

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

Yangi ma’muriy markazda davlat idoralari bir joyga jamlanib, fuqarolar uchun qulay xizmat tizimi yaratiladi.

Buxoroda Ko‘kdala tajribasi asosida yangi boshqaruv markazi shakllantirilmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga tashrifi doirasida viloyatning yangi ma’muriy markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

 

Mazkur majmua davlat boshqaruvini aholiga yanada yaqinlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan yangi yondashuvning amaliy ifodasidir. Ushbu tizim avval Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan tajriba asosida shakllantirilmoqda.

 

U yerda 38 ta davlat idorasining bir hududda jamlanishi fuqarolar uchun katta qulaylik yaratib, ortiqcha vaqt va masofa sarfini kamaytirgan edi. Endilikda ushbu yondashuv boshqa hududlarda ham keng joriy etilmoqda.

 

Buxorodagi yangi ma’muriy markaz 14 gektar maydonda barpo etilmoqda. Birinchi bosqichda viloyat va shahar hokimliklari, prokuratura hamda ichki ishlar boshqarmasi kabi asosiy idoralar bir joyga jamlangan. Bu esa davlat organlari o‘rtasidagi muvofiqlashuvni kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

 

Majmua faqat ma’muriy binolardan iborat emas — bu yerda fuqarolar uchun xiyobonlar, yashil hududlar va favvoralar ham barpo etilib, aholining dam olishi uchun qulay sharoit yaratilmoqda.

 

Tashrif davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi. Unda banklar tomonidan sun’iy intellekt asosida hudud va mahallalar kesimida tahlillar olib borilgani, natijada Buxoro tumanida agrobiznes, turizm, sanoat va servis sohalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilanganligi ma’lum qilindi.

 

Shuningdek, 15 ming gektar yerni o‘zlashtirish, 500 gektar uzumzorlar barpo etish, enoturizmni rivojlantirish hamda neft-gaz, kimyo va oziq-ovqat sanoatida yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026–2031 yillarda ushbu yo‘nalishlarda 7,4 trillion so‘mlik investitsiyalar jalb qilinib, 15 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi mumkin.

 

Tuman darajasida 36 ta mahalla 6 ta asosiy drayver yo‘nalishga ixtisoslashtirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihalarni boshqarish va monitoring qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, resurslarni samarali taqsimlash va natijadorlikni oshirish rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari sun’iy intellekt asosida hudud salohiyatini to‘liq ishga solish, loyihalarni aniq natijaga yo‘naltirish va aholi daromadini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"