Jahon

Islomobodda Eron–AQSh muzokaralarining bir bosqichi yakunlandi

Yuzma-yuz uchrashuvlar yakunlangach, tomonlar muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha yozma taklif va hujjatlar almashish jarayonini boshladi.

Islomobodda Eron–AQSh muzokaralarining bir bosqichi yakunlandi

Pokiston vositachiligida Islomobodda Eron va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan muzokaralarning bir bosqichi yakunlandi. Bu haqda Tasnim agentligi ma’lum qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, yuzma-yuz muzokaralarning mazkur bosqichi yakunlangach, ikki davlat delegatsiyalari hozirda muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan yozma hujjatlar va takliflar almashish jarayoniga o‘tgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni bir necha soat davom etgan ekspert darajasidagi uchrashuvlarda Eron va AQSh delegatsiyalarining texnik guruhlari ishtirok etgan.

 

Muzokaralar davomida tomonlar kun tartibidagi masalalarni batafsil muhokama qilgan, bosqich yakunida esa o‘z pozitsiyalarini yozma shaklda almashishga kirishgan.

 

Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, 28-fevral kuni Eron Islom inqilobi rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy va bir qator harbiy qo‘mondonlarga qilingan hujum hamda AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli harbiy operatsiyadan so‘ng mintaqadagi vaziyat keskinlashgan. Bunga javoban Eron qurolli kuchlari mintaqadagi AQSh va Isroil pozitsiyalariga zarbalar bergani, bu esa tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yanada kuchaytirgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, so‘nggi 40 kun davomida Eron tomonidan amalga oshirilgan qarshi hujumlar AQSh va Isroil harbiy obyektlariga sezilarli zarar yetkazgani, bu esa tomonlarning tezkor g‘alaba haqidagi kutgan natijalarini o‘zgartirgani ta’kidlanadi.

 

Keskinlikni yumshatish maqsadida Pokiston vositachiligida 8-aprel kuni ikki haftalik sulh bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lib, bu Islomobodda muzokaralar o‘tkazish uchun sharoit yaratgan.

 

Eron tomoni muzokaralar uchun o‘zining 10 banddan iborat rejasini ilgari surgan bo‘lib, unda AQSh qo‘shinlarining mintaqadan chiqishi, sanksiyalarning bekor qilinishi hamda strategik Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat masalalari o‘rin olgan.

 

 

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.