Jahon

Jo Baydenning o'g'li qarzlari tufayli AQSHdan qochib ketti

Hanter Bayden advokatlar oldidagi 50 ming dollardan ortiq qarzdorlikni to‘lamagan.

Jo Baydenning o'g'li qarzlari tufayli AQSHdan qochib ketti

 

Hanter Bayden sud jarayonlari va moliyaviy majburiyatlar fonida AQSh hududini tark etgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

RIA Novosti tomonidan e’lon qilingan sud hujjatlariga ko‘ra, u sobiq advokatlari bilan davom etayotgan sud ishlari jarayonida mamlakatni tark etgan. Winston & Strawn yuridik firmasi ma’lumotiga ko‘ra, Bayden kichik bir nechta ishlar bo‘yicha yuridik xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan.

 

Hujjatlarda qayd etilishicha, uning qarzdorligi foizlar bilan birga 50 ming AQSh dollaridan sezilarli darajada oshib ketgan. Shu bilan birga, sud materiallarida u hozirda chet elda yashayotgani va mavjud advokatlari xizmatlari uchun to‘lov qilish imkoniyatiga ega emasligi ta’kidlangan.

 

Jo Baydenning o‘g‘li hisoblangan Hanter Bayden AQSh tarixida jinoiy ayblovlarga duch kelgan amaldagi prezident farzandi sifatida e’tirof etilgan. U Kaliforniyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik bo‘yicha ayblanib, 2017–2018-yillarda 100 ming dollardan ortiq soliqni to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda.

 

Bundan tashqari, Delaware shtatida unga nisbatan noqonuniy qurol saqlash bilan bog‘liq alohida ayblov ham ilgari surilgan. Mazkur ayblov qonunchilikka muvofiq, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan baholanishi mumkin.

 

Avvalroq Jo Bayden o‘g‘lini afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Ushbu qaror AQSh siyosiy doiralarida turlicha baholanib, jumladan Donald Tramp tomonidan tanqid qilingan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.