O'zbekiston

Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

Konfrensiyada Buyuk Temuriylar merosini chuqurroq o‘rganish uchun “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston Amir Temur merosini o‘rganish bo‘yicha global markazga aylangani buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya yakunlari bilan yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. 25 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ekspert O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga jamoaviy murojaat yo‘lladilar. Unda davlat rahbariga nufuzli forumni yuksak xalqaro darajada tashkil etgani uchun chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik izhor etildi. Ishtirokchilar konferensiya Buyuk Temuriylar davri merosini har tomonlama o‘rganish, anglash va targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi muhim global maydonga aylanganini alohida ta’kidladi.

 

Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tgan forum ilmiy jamoatchilik, xalqaro tashkilotlar hamda madaniy muassasalar vakillarini birlashtirdi. Yalpi va sho‘’ba yig‘ilishlari doirasida 200 dan ortiq ilmiy ma’ruza taqdim etildi. Ular Temuriylar davridagi davlat boshqaruv va diplomatiyadan tortib, ilm-fan, san’at, me’morchilik hamda madaniy siyosatgacha bo‘lgan keng qamrovli mavzularni o‘z ichiga oldi.

 

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan murojaatida ilgari surilgan g‘oyalar kelgusi tadqiqotlar uchun muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etdilar. Jumladan, Temuriylar davridagi Ikkinchi Renessansni o‘rganish va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini chuqur tahlil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Prezident nomiga yo‘llangan murojaatda Amir Temur va Buyuk Temuriylar sulolasi merosi jahon tarixi ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, Sohibqironning davlatchilik tafakkuri, ilm-fan, madaniyat, shaharsozlik, diplomatiyaga bo‘lgan e’tibori hamda adolatli boshqaruv tamoyillari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolayotgani qayd etildi.

 

Konferensiya yakunlariga ko‘ra, xalqaro ishtirokchilar Temuriylar merosini o‘rganishning yangi bosqichiga qaratilgan amaliy tashabbuslar paketini taqdim etdilar. Eng muhim natija sifatida xalqaro “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Unda davrni kompleks o‘rganish, ilmiy dasturlarni kengaytirish, fanlararo yondashuvlarni rivojlantirish, shuningdek, qo‘lyozma, arxiv va muzey merosini saqlash, restavratsiya qilish va raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yoshlarda tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, Buyuk Temuriylar davri madaniy obyektlarini xalqaro maydonda targ‘ib etish hamda yosh tadqiqotchilarni grantlar, ilmiy loyihalar va akademik tashabbuslar orqali tizimli qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

 

Shuningdek, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zaruratiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni kengaytirish muhim vazifa sifatida qayd etildi.



Xorijiy mehmonlar chiqishlarida Yangi O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalariga alohida urg‘u berildi.

 

Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Ahmad Nizomiy shunday ta’kidladi: 

 

"Yaqinda qayta ta’mirlangan Temuriylar muzeyiga tashrif bizda juda katta taassurot qoldirdi. Ekspozitsiyaning yuqori darajadagi yechimi, mazmunan chuqurligi va tarixiy haqqoniylikka berilgan e’tibor merosni asrashga jiddiy va tizimli yondashuvni ko‘rsatadi. Ushbu muhim loyiha uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildiraman.

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham xalqaro darajada yuksak baholandi va global miqyosdagi nufuzli ilmiy-ma’rifiy platforma sifatida e’tirof etildi.

 

London universitet kolleji Arxeologiya instituti loyihasi rahbari, doktor Milyana Radivoyevich ta’kidlaganidek, Markaz qisqa vaqt ichida katta o‘zgarishlarni boshdan kechirib, bugun zamonaviy muzey va ilmiy makonning eng yorqin namunasiga aylandi:

 

"O‘tgan yil may oyida bu yerda bo‘lganimda, u hali shakllanish bosqichida edi. Bugun esa oldimizda o‘z ko‘lami, mazmunan chuqurligi va vizual jozibasi bilan hayratga soluvchi to‘liq amalga oshirilgan loyiha turibdi. Eng muhimi, Markaz faqat ekspozitsiya bilan cheklanib qolmay, tadqiqot, ta’lim va bilimlarni ommalashtirishni birlashtirgan yaxlit ilmiy-ma’rifiy ekotizimni shakllantirmoqda".

 

Madaniy dastur doirasida ishtirokchilar Samarqand shahriga tashrif buyurib, Imom Buxoriyga bag‘ishlangan yangi yirik majmua va innovatsion muzey bilan tanishdilar. Mazkur obyekt xalqaro ekspertlar tomonidan ma’naviy merosni zamonaviy talqinda namoyon etuvchi, ilmiy aniqlik, me’moriy ifoda va ilg‘or muzey texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan namuna sifatida yuqori baholandi. Ta’kidlanganidek, Samarqandda amalga oshirilgan ushbu loyiha islom sivilizatsiyasini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish sohasida yangi global standartlarni belgilamoqda.

 

“Al-Furqon” fondi direktori Sali Shaxsivari shunday dedi:

 

"Bugun O‘zbekistonda islomiy merosni asrash va rivojlantirish masalalariga davlat darajasida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Prezident tashabbusi bilan barpo etilgan Imom Buxoriy kabi zamonaviy va puxta o‘ylangan majmualar buyuk ma’naviy merosga bo‘lgan chuqur hurmatni namoyon etib, uni ilmiy jihatdan o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Bu milliy madaniy merosni global ilmiy va ta’limiy makonga integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir".

 

Konferensiya Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan keng qamrovli xalqaro tadbirlar doirasida tashkil etildi va uning merosini zamonaviy ilmiy va madaniy makondagi o‘rnini muhokama qilish uchun mutaxassislarni birlashtirdi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda ilm-fan, madaniyat va tarixiy merosni asrash sohalarida amalga oshirilayotgan tashabbuslar xalqaro jamoatchilik tomonidan tobora katta qiziqish va e’tirofga sazovor bo‘layotganini ta’kidladilar, bu esa ilmiy almashinuv va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

 

Turkiy madaniyat va meros xalqaro jamg‘armasi rahbari Aqto‘ti Raimqulova ta’kidlaganidek:

 

"Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugun muhim ilmiy va ma’naviy markazlardan biriga aylandi. Amir Temur va Temuriylar davridagi Ikkinchi Renessansga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar mazmunan chuqurligi va yuksak badiiy saviyasi bilan ajralib turadi".

 

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev ham mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berib, shunday ta’kidladi:

 

"O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bugun ilmiy tadqiqotlar faollashmoqda, yangi asarlar nashr etilmoqda, zamonaviy madaniy-ilmiy infratuzilma shakllantirilmoqda. Mamlakatda barpo etilayotgan institut va loyihalar bugunning o‘zidayoq noyob bo‘lib, amalga oshirilayotgan jarayonlar ko‘lami Uchinchi Renessansning isboti sifatida baholanishi mumkin".

 

Yakunda ishtirokchilar Amir Temur va Buyuk Temuriylar sulolasi merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishiga, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga hamda jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shishiga qat’iy ishonch bildirdilar.

custom img

Farg‘onada dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta mashina butunlay yonib ketgan.

custom img

Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Lacetti haydovchisi chorrahada keskin chapga burilib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobil bilan to‘qnashgan. BYD’ni voyaga yetmagan shaxs boshqargan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Malayziya Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqotda islom moliyasi, hududlararo aloqalar, ziyorat turizmi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirish muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vazirini alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.

custom img

MB O‘zbekiston MTJning JCH-2026 ga chiqishi munosabati bilan oltin va kumush tangalar chiqaradi

Tanga dizaynida 26 nafar futbolchining silueti yagona "Oq bo‘ri" obraziga uyg‘unlashtirilgan.

custom img

Muzrabot tumani hokimi fermerlarni haqorat qilgani aytilmoqda

Ushbu holat yuzasidan tegishli o‘rganish boshlandi.

custom img

“O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun ishonchli sherik sifatidagi mavqeyini mustahkamlab kelmoqda” — Saida Mirziyoyeva

Beshinchi Toshkent investitsiya forumi arafasida O‘zbekiston–AQSh moliyaviy hamkorligi muhokama qilindi.

custom img

Akademik Akmal Saidov Nukusdagi seminar-treningda ishtirok etdi

Nukus shahrida “Xalqaro standartlar va milliy qonunchilik” mavzusida seminar-trening boshlandi. Ushbu seminar-trening boshqa hududlarda ham o‘tkaziladi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi va Albaniya Birinchi xonimi uchrashdi

Armanda Begay Ko‘ksaroydagi uchrashuv doirasida o‘zbek xalqining milliy san’ati, urf-odatlari hamda “Kelin salom” marosimi bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"