Madaniyat

“Arda” hujjatli filmi: O‘zbekistonda sun‘iy intellekt asosida yaratilgan ilk tarixiy loyiha

Mazkur loyiha mamlakatda ilk bor sun‘iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan realistik tasvirli film bo‘lib, yaqin kunlarda keng jamoatchilikka namoyish etilishi rejalashtirilgan.

“Arda” hujjatli filmi: O‘zbekistonda sun‘iy intellekt asosida yaratilgan ilk tarixiy loyiha

O‘zbekistonda kino va madaniyat sohasida muhim yangilik sifatida “Arda” nomli hujjatli film ishlab chiqildi. Film asosan Xorazm vohasi, xususan Xiva shahrining boy tarixi, qadimiy sivilizatsiyasi va madaniy merosini yoritishga bag‘ishlangan. Unda ilk sivilizatsiyalarning shakllanishi, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, sug‘orish tizimlarining paydo bo‘lishi, tarixiy obidalar qurilishi, shuningdek, turli davrlardagi bosqinlar va urushlar asosli manbalar asosida tasvirlangan. Filmni yaratishda tarixiy aniqlikka alohida e‘tibor qaratilib, u O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari, xususan Xorazm tarixi bo‘yicha mutaxassislar bilan hamkorlikda tayyorlangan.

 

 

“Arda” filmi taxminan 30–40 daqiqalik bo‘lib, ikki oy davomida 15 nafarga yaqin ijodiy jamoa tomonidan ishlab chiqilgan. Loyiha rejissyori va sun‘iy intellekt mutaxassislari filmni zamonaviy texnologiyalar asosida realistik ko‘rinishda yaratishga muvaffaq bo‘lganini ta‘kidlashmoqda.

 

Moliyaviy jihatdan, filmni suratga olish uchun taxminan 900 million so‘m byudjet mablag‘i ajratilgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, agar loyiha an‘anaviy usulda — katta dekoratsiyalar, pavilyonlar va to‘liq suratga olish jarayonlari orqali amalga oshirilganida, uning qiymati kamida 5–6 milliard so‘mni tashkil etishi mumkin edi. Shu bois, sun‘iy intellektdan foydalanish loyiha xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirgan.

 

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Bu holat, avvalo, kino sohasi aynan ushbu vazirlik vakolatiga kirishi, xususan, O‘zbekkino milliy agentligi Madaniyat vazirligi tarkibiga o‘tkazilgani bilan izohlanadi. Shu bois, filmni ishlab chiqish va targ‘ib qilish jarayoni aynan madaniyat tizimi doirasida yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

Rasmiylarning ta‘kidlashicha, loyiha davlat rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar asosida boshlangan. Ushbu tashrifda hududning boy tarixiy salohiyati, turizm imkoniyatlari va xalqaro miqyosdagi nufuzi alohida qayd etilgan edi. “Arda” filmi ana shu tarixiy va madaniy merosni keng jamoatchilikka zamonaviy formatda yetkazish maqsadini ko‘zlaydi.

 

Film nafaqat tarixiy-ma‘rifiy ahamiyatga ega, balki madaniyat va ijod sohasida sun‘iy intellekt imkoniyatlarini namoyish etuvchi innovatsion loyiha sifatida ham baholanmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu kabi loyihalar kelgusida O‘zbekiston tarixi, jumladan Amir Temur davri va boshqa muhim tarixiy bosqichlar haqida qisqa metrajli filmlar yaratishga zamin yaratadi.

 

Umuman olganda, “Arda” hujjatli filmi mamlakatning boy tarixiy merosini zamonaviy texnologiyalar orqali targ‘ib qilish, yosh avlodning tarixga qiziqishini oshirish hamda O‘zbekistonning madaniy salohiyatini xalqaro maydonda kengroq namoyon etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.