O'zbekiston

“Artistlarning kiyinishi tartibga solinadi” — Madaniyat vazirligi

“Bugun bizni ham qiynaydi sanʼatkorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari, ochiq-sochiq kiyinishlari. Agar qonunchilikda bu borada chora ko‘rish bo‘yicha meʼyoriy hujjat qabul qilinsa, vazirlik ham madaniyat vakillariga o‘z o‘rnida chora ko‘rib boradi”, - dedi jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida vazirlik masʼuli.

“Artistlarning kiyinishi tartibga solinadi” — Madaniyat vazirligi

Madaniyat vazirligi so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sanʼat sohasi vakillarining haddan ortiq ochiq-sochiq kishinishi-yu, behayo chiqishlariga befarq emas va hatto qarshi. Bu haqda vazirlik tomonidan OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi, deya xabar qilmoqda zamon.uz jurnalisti.

 

“Sizlarni o‘ylantirayotgan savol bizni ham qiynaydi. Yoshlarning kelajagi sanʼatkorlarning yurish-turishiga bog‘liq. Chunki ularning har bittasining muxlislari bor, ayrimlariniki millionlab. Biz ham shunaqa videolar chiqqanda ko‘ramiz, izohlarni o‘qiymiz, 99 foiz odam qarshi ekanini ko‘ramiz, shu qarshi fikrlar bizni quvontiradi. 10 yillar avval sanʼatkorlar bu masalada qattiqroq ushlanar edi. Hozir erkinlik, barcha sohada demokratiya. Afsuski bundan ko‘pchilik to‘g‘ri foydalanmaydi. Biroq bu narsa yaqin vaqtda tartibga tushadi”, — dedi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov.

 

Shuningdek mazkur masalada vazirlik matbuot kotibi Sirojiddin O‘sarov bir paytlar millionlab tomoshabinlar muxlislik qilgan ayrim sanʼat vakillari bugunga kelib ijtimoiy tarmoqlarda behayo chiqish qilib, barchaning nafratiga uchrayotgani haqida gapirdi. Unga ko‘ra, Madaniyat vazirligi erkin ijodkorlarning yurish-turishi, ochiq-sochiq kiyinishi va ijtimoiy tarmoqlardagi o‘rinsiz chiqishlarini nazorat qila olmaydi.

 

“Vazir Ozodbek Nazarbekov shunaqa bitta-ikkita odamning nomaqbul harakati deb butun Madaniyat vazirligi tomonidan qilinayotgan islohotlar yopilib ketyapti, deydilar. O‘sha artistlar ham qachonlardir sizning ham bizning ham kumerimiz edi. Bugun ularning chiqishlarini ko‘rib, nega Madaniyat vazirligi qaramayapti, chora ko‘rmayapti deyishadi. Ular bir paytlar vazirlik tizimida faoliyat yuritar edi. Biroq hozirda erkin ijodkor. Tarmoqlarda sahiflarini yuritadigan bloger.

 

Qaysi blogerga kiyimiga qarab, chora ko‘rildi? Yaqinda vazir Ozodbek Nazarbekov Parlamentda “Madaniyatning chegarasi qayerda” degan o‘rinli savol qo‘ydi. Muhim savol. Agar rostdan ham chegarasi belgilanib berilib, sanʼatkorlarning chiqishlari va kiyinishlari borasida aniq tartib qo‘yilib, jazolash bo‘yicha meʼyoriy hujjat bilan qonuniylashtirilsa, vazirlik ham albatta chora ko‘radi”, - dedi vazir maslahatchisi O‘sarov.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"