Jahon

Men Tramp ma’muriyatidan qo‘rqmayman — Rim papasi

Papa Leo XIV hech qanday bahsga kirishmasligini aytib, dunyoni tinchlik va yarashuvga chaqirishda davom etishini bildirdi.

Men Tramp ma’muriyatidan qo‘rqmayman — Rim papasi

Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Leo XIV AQSh prezidenti Donald Trampning Eron urushi fonida bildirgan tanqidlariga javob qaytardi. U Vatikan pozitsiyasi Injil ta’limotiga asoslanishini ta’kidlab, Tramp ma’muriyatidan qo‘rqmasligini ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, papa Jazoyirga parvoz chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida o‘z chiqishlari siyosiy hujum emasligini urg‘uladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik va yarashuvga chaqiriqlar cherkovning asosiy vazifasi bo‘lib, u bundan voz kechmaydi.

 

Papa Leo XIV o‘z xabarini Trampning bayonotlari bilan tenglashtirish noto‘g‘ri ekanini aytib, bu Injil xabarining mohiyatini tushunmaslik ekanini bildirdi. U, shuningdek, bahsga kirishmasligini, lekin tinchlik tarafdori sifatidagi pozitsiyasini qat’iy davom ettirishini ta’kidladi.

 

Papa urushlarni kuchaytirayotgan “hamma narsaga qodirlik xayoli”ni tilga olib, Eron bilan bog‘liq mojaro va boshqa global ziddiyatlar fonida dunyoni tinchlikni saqlashga chaqirdi.

 

“Biz siyosatchi emasmiz va tashqi siyosatga boshqacha nuqtayi nazardan qaraymiz”, — dedi u. Shu bilan birga, davlatlar o‘rtasida muammolarni hal qilish uchun muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlik zarurligini qayd etdi.

 

Papa Leo XIV tinchlikni targ‘ib qilishda davom etishini, urushlardan qochish yo‘llarini izlash va insonlarni yarashuvga chaqirishni o‘z missiyasi deb hisoblashini bildirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ko‘plab begunoh insonlar halok bo‘lmoqda va aynan shuning uchun bundan yaxshiroq yo‘l borligini aytadigan ovozlar zarur.

 

Avvalroq Tramp Rim Papasining tinchlik haqidagi bayonotlarini tanqid qilganidan so‘ng o‘zini “shifo beruvchi avliyo” qiyofasida tasvirlangan suratini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.