O'zbekiston

Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalarga 1-avgustdan gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Shuningdek, 1-iyundan ko‘mir, mazut va boshqa zararli yoqilg‘ilar ishlatiladigan issiqxonalarni tashkil etishga ruxsat berilmaydi.

Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalarga 1-avgustdan gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida joylashgan issiqxona xo‘jaliklariga 2026-yil 1-avgustdan boshlab tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-apreldan kuchga kirgan qarorida belgilandi.

 

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri hamda Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlarida atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida 2026-yil 1-iyundan boshlab ko‘mir, mazut va boshqa zararli yoqilg‘ilardan foydalanishni nazarda tutuvchi yangi issiqxonalarni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.

 

Shuningdek, 1-avgustdan boshlab mavjud issiqxonalar uchun qator cheklov va qat’iylashtirilgan talablar joriy etiladi. Xususan, ularga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi va amaldagi shartnomalar bekor qilinadi. 

 

Issiqxonalar tomonidan iste’mol qilinadigan suv resurslari uchun to‘lovlar sanoat korxonalari uchun belgilangan eng yuqori tariflarning 5 baravari miqdorida hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, issiqxonalarda ko‘mir, shinalar, bitum, mazut, plyonka, sintetik karton, rezina, jun tolasi kabi materiallarni yoqish orqali atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari 20 baravarga oshiriladi. Bunday holatlarda tadbirkorlik subyektlariga berilgan ekologik ekspertiza xulosalari ham qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Quyidagi yo‘nalishlarda davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyoz, xizmat va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralaridan issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish uchun foydalanishga cheklovlar o‘rnatiladi:

 

• “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida beriladigan barcha turdagi ijtimoiy va moddiy yordam hamda faoliyat turini yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat tomonidan beriladigan barcha subsidiya va preferensiyalar;

 

• jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga kredit liniyalari ajratish, kredit limitlarini belgilash va mavjud kreditlar bo‘yicha limitlarni qayta ko‘rib chiqish;

 

• ekologik talablarga rioya etilmagan hollarda davlat ekologik ekspertiza bo‘yicha ijobiy xulosa berilmaydi, shuningdek, ilgari berilgan xulosaning amal qilishi belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Shu bilan birga, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy maqsadlar uchun (selektsiya navlari sinovi, urug‘ va ko‘chatlarni ko‘paytirish, xorijiy nav va duragaylarni mahalliy iqlimga moslashtirish) ekologik talablarga rioya etgan holda, mavjud issiqxonalardan foydalanishga istisno tariqasida ruxsat beriladi.

 

Qarorga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentyabrga qadar tegishli hududlardagi issiqxonalar egallab turgan yer maydonlari uchun yer va mol-mulk soliqlarini amaldagi stavkalarga nisbatan 10 baravargacha oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.

 

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhit hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan issiqxona xo‘jaliklarini Sheroboddagi “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga ko‘chiriladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.