O'zbekiston

O‘zbekistonda 2,2 million nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqladi

“Kreditga taqiq” xizmati orqali foydalanuvchilar o‘z nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.

O‘zbekistonda 2,2 million nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqladi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan jismoniy shaxslar soni 2 million 207 ming 753 nafarga yetdi. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi xabar berdi.

 

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatdan foydalanuvchilar orasida erkaklar 1 million 283 ming 506 nafarni, ayollar esa 924 ming 247 nafarni tashkil etmoqda.

 

Bu xizmatdan eng ko‘p 26—23 yoshdagilar foydalanmoqda (31 foiz). Undan keyingi o‘rinlarni 26 yoshgacha bo‘lganlar (24 foiz), 36—45 yoshdagilar (24 foiz), 46—55 yoshdagilar (12 foiz), 56 yoshdan yuqorilar (9 foiz) egallagan.

 

Tahlilda keltirilishicha, 2025-yil 1-iyulda “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalanuvchilar soni 33 ming kishidan oshgan bo‘lsa, 1-oktyabrda 149 ming kishidan, 2026-yil 1-yanvarda 438 ming kishidan, 1-aprelda esa 2,2 million kishidan oshgan.

 

Mazkur xizmat orqali foydalanuvchilar o‘z nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.

 

Foydalanuvchilar “Kreditga taqiq” xizmatidan onlayn va oflayn shaklda mustaqil ravishda foydalanib, uni yoqish yoki o‘chirish imkoniyatiga ega. “Kreditga taqiq” xizmatini faollashtirish yoki o‘chirish bir necha usulda amalga oshiriladi. Jumladan, uni onlayn tarzda “KATM” mobil ilovasi, Kredit byurosining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinet hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portali orqali yoqish yoki o‘chirish mumkin.

 

Shuningdek, xizmatdan oflayn tarzda Davlat xizmatlari markazlari yoki Kredit byurosiga bevosita murojaat qilish orqali ham foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qayd etilishicha, “Kreditga taqiq” xizmati mutlaqo bepul bo‘lib, fuqarolarga o‘z moliyaviy xavfsizligini mustaqil boshqarish imkonini beradi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"