O'zbekiston

Toshkent viloyati tog‘larida yo‘qolgan 4 yoshli bola topildi

Bolaning oila a’zolari uni tog‘ tepasida uni unutib qoldirgan.

Toshkent viloyati tog‘larida yo‘qolgan 4 yoshli bola topildi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tog‘ hududida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola qutqaruvchilar tomonidan sog‘-salomat holda topildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 13-aprel kuni sodir bo‘lgan. Olti kishidan iborat oila dam olish maqsadida tog‘ga yo‘l olgan. Sayr davomida ular taxminan soat 17:00 atrofida tog‘ cho‘qqisidagi qorlarni ko‘rish uchun yuqoriga ko‘tarilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, aynan shu jarayonda kattalar bolani tog‘da unutib qoldirib, pastga tushib ketgan. Bolaning yo‘qligi oradan qariyb 40 daqiqa o‘tgach aniqlangan.

 

Shundan so‘ng bolaning yaqinlari zudlik bilan FVV navbatchilik qismiga murojaat qilgan. Qidiruv ishlariga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhlari hamda “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi xodimlari jalb etilgan.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlari 6,5 soatdan ortiq davom etgan. Natijada, 14-aprel kuni soat 00:20 da bola Olmaliq maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan topilgan.

 

Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, bola ota-onasi uni qoldirib ketgan joydan taxminan 3 kilometr uzoqlikda aniqlangan. U topilgan vaqtda tizzasigacha qor ichida jim turgan holatda bo‘lgan.

 

Bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, yaqinlariga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.

custom img

Yekaterinburg aeroportidagi cheklovlar tufayli Namangan reysi jadvali yangilandi

Ayrim reyslar Chelyabinsk zaxira aeroportiga yo‘naltirildi va qatnovlar jadvali vaqtincha o‘zgartirildi.

custom img

O‘zbekistonda olti oyda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida, eng kam holat esa Buxoro viloyatida sodir bo'gan.

custom img

Surxondaryodagi dalada 4 kilo “gashish” topildi

Shuningdek, Jizzaxda fuqaroning yonidagi xo‘jalik qopidan qariyb 5 kg kannabis o‘simligi aniqlandi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"