Jahon

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

AQSh va Eron 21-aprelda muddati tugaydigan vaqtinchalik sulhni tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun yana ikki haftaga uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda Bloomberg.

 

Agentlik suhbatlashgan manbaning aytishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi vositachilar eng bahsli masalalarni, xususan, Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini qayta tiklash va Eronning uranni boyitish muammosini hal qilish uchun texnik muzokaralarni tashkil etishga urinmoqda.

 

AQSh rasmiylaridan biri Bloomberg‘ga sulhni uzaytirish bo‘yicha hech qanday kafolat yo‘qligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hozircha bunga rozilik bermagan. Eron Tashqi ishlar vazirligi esa vaziyat yuzasidan izoh so‘ralganda javob qaytarmagan.

 

Muzokaralar jarayonidan xabardor yana bir manba Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlar qayta boshlanishini istamasligini bildirgan.

 

AQSh va Eron 8-apreldan boshlab ikki haftaga mo‘ljallangan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Shundan so‘ng tomonlar Islomobodda muzokaralar o‘tkazgan, biroq urushni yakunlash bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.

 

The New York Times avval xabar qilganidek, muzokaralarda AQSh Erondan uranni 20 yil davomida boyitmaslikni talab qilgan, Tehron esa 5 yillik muddatni ilgari surgan. Muzokaralarning yana bir muhim mavzusi Hormuz bo‘g‘ozi orqali dengiz tashuvlarini qayta ochish bo‘lgan. Bu bo‘g‘ozdan odatda dunyodagi neft yetkazib berishlarning beshdan biri o‘tadi. Biroq asosiy kelishmovchilik nuqtasi Eronning yadroviy dasturidan voz kechishi masalasi bo‘lib qolmoqda.

 

Pakistan Geo telekanali manbalarga tayanib, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi kelasi hafta oxirida, 26-aprel bilan yakunlanadigan haftada Islomobodda o‘tishi mumkinligini bildirgan.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp 14-aprel kuni 28-fevralda boshlangan urush “yakunlanishga yaqin” ekanini aytgan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg | Zamon.uz