Jahon

IDF Hizbulloh qurolsizlantirilmaguncha Livandagi operatsiyalarni davom ettiradi

Livan armiyasi Isroilni sulh bitimini buzishda aybladi.

IDF Hizbulloh qurolsizlantirilmaguncha Livandagi operatsiyalarni davom ettiradi

 

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) Hizbulloh to‘liq qurolsizlantirilmagunga qadar Livan janubidagi harbiy operatsiyalarni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

 

Mudofaa vaziri Israel Katzning bayonotiga ko‘ra, IDF tomonidan nazoratga olingan hududlar saqlab qolinadi va bundan keyin ham ushlab turiladi. Uning ta’kidlashicha, Isroilning asosiy maqsadi Hizbullohni harbiy yoki siyosiy yo‘llar bilan qurolsizlantirishdan iborat.

 

Shuningdek, Katz xavfsizlik zonasi va Litani daryosi oralig‘idagi hudud hali ham qurolli guruhlar va harbiy texnikadan to‘liq tozalanmaganini bildirgan. Unga ko‘ra, ushbu maqsadga siyosiy muzokaralar orqali yoki sulh muddati tugaganidan so‘ng harbiy amaliyotlarni davom ettirish orqali erishilishi mumkin.

 

Ayni paytda Livan armiyasi Isroilni sulh bitimini buzishda ayblab, mamlakat janubidagi Xiyom shahriga zarba berilganini ma’lum qildi.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan rasmiylari o‘rtasida o‘n kunlik sulh bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

IDF Hizbulloh qurolsizlantirilmaguncha Livandagi operatsiyalarni davom ettiradi | Zamon.uz