O'zbekiston

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Namangan viloyatidagi qator tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan asossiz undirilgan qariyb 300 million so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlar Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmalarida o‘tkazilgan.

 

O‘rganishlar davomida tibbiyot muassasalarida qo‘llanilayotgan o‘lchash va sinash vositalari belgilangan muddatlarda metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmagani holda bemorlarga xizmat ko‘rsatilgani aniqlangan. Shuningdek, narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

 

Natijada, tibbiyot birlashmalari tomonidan qariyb 300 million so‘m miqdorida asossiz daromad olingani ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining sohada xizmat ko‘rsatish tartibini belgilovchi qarorlari talablari buzilgani bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

 

Ishni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, tibbiyot muassasalariga iste’molchilardan asossiz undirilgan mablag‘larni belgilangan tartibda qaytarish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.