O'zbekiston

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar, elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti xodimlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in va portlash oqibatida 4 kishi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Zamon.uzga ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 16-aprel kuni soat taxminan 01:40 larda O‘rta Chirchiq tumani “O‘rtaovul” mahallasida joylashgan uyda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi sabab portlash sodir bo‘lgan va yong‘in kelib chiqqan.

 

Fojia oqibatida 30 yoshli erkak hamda uning 6 yoshli o‘g‘li, 3 va 2 yoshli qizlari hodisa joyida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular kuyish jarohatlari va is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan.

 

Shuningdek, erkakning 27 yoshli turmush o‘rtog‘i va 54 yoshli onasi yong‘indan qutulish maqsadida derazadan sakrab tushgan. Ular turli tan jarohatlari bilan Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini olib borish uchun Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasiga yuborilgan.

 

Voqea joyidan sud ekspertlari, kriminalistika mutaxassislari hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘indan shikastlangan buyumlar, alyuminiy sim bo‘laklari va boshqa ashyoviy dalillar olingan.

 

Bundan tashqari, hodisa yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"