Jahon

Siyosatdan K-pop’gacha: TIME 2026-yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi

Ro‘yxatdan siyosat, san’at, sport, biznes va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi shaxslar o‘rin olgan.

Siyosatdan K-pop’gacha: TIME 2026-yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi

Time jurnali 2026-yil uchun dunyoning eng nufuzli 100 kishisi (TIME 100) ro‘yxatini e’lon qildi. Unda siyosat, san’at, sport, biznes va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi shaxslar jamlangan.

 

“Yetakchilar” bo‘limidan AQSh prezidenti Donald Tramp, Rim papasi Leo XIV, Meksika prezidenti Klaudia Sheynbaum, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Kanada bosh vaziri Mark Karni, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom, MAGATE rahbari Rafael Grossi hamda Xitoy yetakchisi Si Jinping o‘rin olgan.

 

Ayrim siyosatchilar ushbu ro‘yxatga bir necha bor kiritilgan. Xususan, Binyamin Netanyahu bu ro‘yxatdan beshinchi bor joy olgan. Donald Tramp va Si Jinping ham muntazam ravishda ta’sir doirasi kuchli shaxslar qatoriga kirib keladi.

 

“Artistlar” bo‘limiga xonanda Lyuk Kombs, K-pop yulduzi Jenni, aktrisalar Dakota Jonson va Reya Sihorn, aktyor Jonatan Groff kiritilgan.

 

“Pionerlar” qatoridan amerikalik kosmonavt, Artemis II missiyasi ishtirokchisi Reyd Vaysman, Uolt Disney vakili Josh D’Amaro, oshpaz Nensi Silverton va boshqalar joy olgan.

 

“Titanlar” ruknida golfchi Skotti Sheffler, dizayner Ralf Lauren, Dell asoschisi Maykl Dell va uning rafiqasi Syuzan Dell, shuningdek Paramount Skydance rahbari David Ellison qayd etilgan.

 

“Ikonalar” bo‘limidan aktyor Etan Havke, modelyer Viktorya Bekham, braziliyalik aktyor Vagner Moura o‘rin olgan.

 

“Innovatorlar” qatoriga poygachi Lando Norris, Anthropic bosh direktori Dario Amodey hamda Walmart rahbari Jon Furner kiritilgan.

 

Time jurnali ushbu reytingni 1999-yildan buyon e’lon qilib keladi. Dastlab u XX asrning eng muhim 100 shaxsini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, 2004-yildan boshlab har yili tuziladigan global nufuz reytingiga aylangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda jurnal “Yil odami” sifatida sun’iy intellekt sohasidagi yetakchilarni tanlagan edi. 

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.