Jahon

Tramp Isroilga Livanga hujum qilishni ta'qiqladi

AQSh prezidenti “Livanni qayta tiklash” bo‘yicha ham tashabbuslar davom ettirilishini bildirgan.

Tramp Isroilga Livanga hujum qilishni ta'qiqladi

 

AQSh prezidentining ma’lum qilishicha, Isroil Livanga qarshi harbiy zarbalarni to‘xtatadi. U bu qaror AQSh tomonidan tegishli taqiq qo‘yilgani bilan bog‘liqligini ta’kidlab, “yetar” degan mazmunda qat’iy pozitsiya bildirgan. Ushbu bayonot Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan.

 

Ma’lumot uchun, bir kun avval AQSh prezidenti Isroil va Livan o‘rtasida 10 kunlik sulhga erishilganini ma’lum qilgan edi.

 

Shuningdek, Tramp Eron bilan bog‘liq masalalarga ham to‘xtalib, avvalgi harbiy zarbalar oqibatida yuzaga kelgan yadroviy xavf bilan bog‘liq hududlarni tozalash jarayonlari AQSh ishtirokida amalga oshirilishini bildirgan.

 

Uning qayd etishicha, Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmaslikka rozi bo‘lgan va ushbu strategik yo‘nalish endilikda global savdoga qarshi “qurol” sifatida ishlatilmaydi. Tramp, shuningdek, bo‘g‘ozni minalardan tozalash jarayonida Amerika kuchlari ishtirok etishini ham ta’kidlagan.

 

Oq uy rahbari Eron bo‘yicha kelishuv Livan masalasiga aloqador emasligini aytgan holda, AQSh “Livanni qayta tiklash” bo‘yicha ham tashabbuslarni davom ettirishini bildirgan.

 

Avvalroq Isroil va Livan o‘rtasida 1993-yildan buyon ilk bor yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazilgani va bu jarayon Vashington vositachiligida amalga oshirilgani qayd etilgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.