O'zbekiston

O‘zbekistonda lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jazo joriy etildi

Portativ lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanish uchun jarima va musodara jazosi belgilandi.

O‘zbekistonda lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jazo joriy etildi

 

O‘zbekistonda portativ lazerli nur tarqatgichlarining noqonuniy muomalasi uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

 

Qonun bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, lazer qurilmalaridan noqonuniy foydalanish, ularni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq holatlar uchun jazo choralari joriy etildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish huquqbuzarlik ashyo­larini musodara qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Shuningdek, ushbu qurilmalarni noqonuniy ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish yoki O‘zbekiston hududidan olib chiqish holatlari uchun BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima belgilanadi.

 

Portativ lazer qurilmalarini noqonuniy ravishda sotish yoki mamlakat hududiga olib kirish uchun esa huquqbuzarlik buyumlarini musodara qilgan holda BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima qo‘llanadi.

 

Bundan tashqari, qonun bilan mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda tayanch punktlari faoliyati, shuningdek profilaktika inspektorlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar ham kiritildi.

 

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"