Jahon

Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi — Islomobod

Tehron Hormuz bo‘g‘oziga qo‘yilgan blokada bekor qilingach muzokaralarni boshlashi mumkin.

Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi — Islomobod

Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlikka qaramay, Eron delegatsiyasi Islomobodda AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida qatnashadi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi Pokiston rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

 

Pokiston rasmiylarining bildirishicha, Eron 21 aprel kuni Pokiston poytaxti Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

 

Manbaga ko‘ra, Eron delegatsiyasi parlament spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf hamda tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi boshchiligida ertaga Islomobodga yetib keladi.

 

AQSh delegatsiyasiga esa mamlakat vitse-prezidenti Jey Di Vance rahbarlik qilishi kutilmoqda. Uning tarkibiga AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner hamda Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff kirishi mumkin.

 

Avvalroq Pokiston tomoni AQShning “ilg‘or muzokara guruhi”ni olib kelgan ikkita samolyot Islomobodga qo‘nganini ma’lum qilgan edi. Vashington esa hozircha bu ma’lumotga izoh bermadi.

 

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon urush hech bir tomon manfaatlariga mos kelmasligini ta’kidladi. U vaziyatni yumshatish uchun “barcha oqilona va diplomatik vositalar”dan foydalanishga chaqirdi.

 

Eron OAVlariga ko‘ra, Tehron delegatsiyasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari tomonidan Hormuz bo‘g‘oziga qo‘yilgan blokada bekor qilinmaguncha muzokaralarni boshlamaslik niyatida.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"