O'zbekiston

“Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga ijodiy ishlar joriy yil 22 mayga qadar qabul qilinadi.

“Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, Yangi O‘zbekiston ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, milliy kontentni boyitish, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning ong-u tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni rag‘batlantirish maqsadida “Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovini e’lon qiladi.

 

           Asosiy mukofotlar

 

1 ta Bosh milliy mukofot

 

            Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar);

 

            Radio yo‘nalishi bo‘yicha

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-,2-,3-o‘rinlar);

 

             Bosma nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar);

 

              Internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar).

 

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi o‘rin, 4 ta ikkinchi o‘rin (TV, radio, bosma va internet nashrlari yo‘nalishlari bo‘yicha).

 

Shuningdek, 12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya joriy etiladi. Tanlovning rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha qo‘shimcha e’lon beriladi.

       

             Tanlov g‘olib va sovrindorlariga:

 

  • Tanlov Bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.

 

  • Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

 

  • Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

 

  • Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

 

Tanlovning rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari g‘oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Tanlovda har bir ishtirokchining 2025-yil 22-apreldan 2026-yil 22-aprelgacha bosma va internet nashrlarida e’lon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan  5 tadan 7 tagacha materiallari ko‘rib chiqiladi. 

 

Agar ijodiy jamoa – gazeta tahririyati tanlovda qatnashadigan bo‘lsa, gazetaning 5 tadan 7 tagacha soni, tele yoki radiokanal jamoasi tanlovda ishtirok etadigan bo‘lsa, 5 tadan 7 tagacha eng yaxshi ko‘rsatuv yoki eng yaxshi eshittirishning elektron varianti (yoxud havolasi) ilova qilinadi.

 

“2025-yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.  

 

           Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:

 

  • muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot (obyektivka);

 

  • muallifning pasport yoki  ID-karta nusxasi, telefon raqami.

 

  • Jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasport yoki  ID-karta nusxasi.

 

Tanlovga ijodiy ishlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali, shuningdek, mualliflardan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron shaklda tanlov matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab joriy yil 22 mayga qadar qabul qilinadi.

 

  • Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy ishlar gazeta yoki jurnalda e’lon qilingan materiallarning nusxasi (pdf formatda);

 

  • Internet nashrlari bo‘yicha materiallarning havolasi (link, ssilkasi) ko‘rsatilgan holda;     

 

  • Televideniye bo‘yicha videomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha telegram formatda (annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);    

    

  • Radio yo‘nalishi bo‘yicha audiomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);   

 

Rag‘batlantiruvchi nominatsiya – fotojurnalistika bo‘yicha ijodiy ishlar (JPEG, TIFF va PNG formatda annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan) O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining info@jurnalistlar.uz elektron manziliga  hamda Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (OLTIN QALAM 2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. 

 

“Oltin qalam”  Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining g‘olib va sovrindorlari 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida  tantanali  ravishda taqdirlanadi.

 

Murojaat uchun telefonlar:

71 244-37-87, 71-244-64-62.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"