O'zbekiston

O‘zbekistonda qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlari xavfi haqida ogohlantirish berildi

Hududlarda yaroqlilik muddati o‘tgan, qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish holatlari aniqlanmoqda.

O‘zbekistonda qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlari xavfi haqida ogohlantirish berildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi aholi va tadbirkorlarni sifatsiz hamda salomatlik uchun xavfli mahsulotlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bu borada bir necha bor ogohlantirishlar berilishiga qaramay, hududlarda yaroqlilik muddati o‘tgan, shuningdek, qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish holatlari hali ham uchrab turibdi.

 

Inspeksiya bunday mahsulotlarni aniqlashda qator muhim jihatlarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlamoqda. Xususan, xarid vaqtida mahsulotda aksiz markasi mavjudligi, raqamli markirovka bor-yo‘qligi, yaroqlilik muddati hamda ishlab chiqarilgan sana (kun, oy, yil) ko‘rsatilganiga alohida ahamiyat berish lozim.

 

Shuningdek, mahsulotlarda 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga iste’mol qilish taqiqlangani haqidagi yozuvlar va tibbiy ogohlantirish belgilari aniq hamda ravshan bo‘lishi shart.

 

Idora fuqarolardan shubhali holatlarga duch kelganda Inspeksiyaning ishonch raqami — 71 202 86 90 orqali murojaat qilishni so‘radi.

 

Ta’kidlanishicha, bunday holatlarga befarq bo‘lmaslik aholi salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, noqonuniy ishlab chiqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"