Jinoyat

Toshkentda haydovchi o‘quvchini urib, qochib ketdi

O‘quvchi boshidan jarohat olgani aytilmoqda.

Toshkentda haydovchi o‘quvchini urib, qochib ketdi

Toshkentda Damas haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, YTH 20-aprel kuni Olmazor tumanidagi Keles yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tarqalgan videoda ikki nafar bola piyodalar o‘tish joyi yaqinidan yo‘lni kesib o‘tayotgani, shu paytda ulardan birini avtomobil urib ketgani va o‘quvchi yiqilgani aks etgan.

 

Toshkent shahar IIBB xodimlari haydovchining shaxsini aniqlab, u 19 yoshli yigit ekanini bildirdi. Haydovchining aytishicha, u bolalarni payqagach signal chalgan, ulardan biri to‘xtagan, biroq orqadagi bola chalg‘ib qolgan va yo‘lga yugurib chiqqan.

 

U bolani urib yubormaslikka harakat qilgani, biroq buni uddalay olmaganini aytgan. Haydovchiga ko‘ra, u bolani urib yuborgandan so‘ng u sarosimaga tushib, shok holatida harakatni davom ettirgan. Keyinroq to‘xtab o‘ziga kelgan va qaytishga qaror qilgan, biroq bu vaqtda jabrlanuvchini tez yordam mashinasi olib ketgan. Yo‘lda u tez yordam mashinasidan orta qolib ketgan.

 

Shundan so‘ng haydovchi Kelesdagi huquq-tartibot organlariga borib, voqea haqida xabar bergan.

 

Hozirda ushbu  hodisa bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 133-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) va 137-moddasi (yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish) bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, agar piyodaning jarohatlari yengil bo‘lsa, ish ma’muriy tartibda ko‘rib chiqiladi. Agar jarohat jiddiy bo‘lsa, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

 

Voqeaga guvoh bo‘lganlar, o‘quvchi boshidan jarohat olganini aytmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.