Jahon

Tramp Eron bilan vaqtinchalik sulhni uzaytirdi

Eron rasmiylari sulh uzaytirilganini tan olishdan bosh tortdi.

Tramp Eron bilan vaqtinchalik sulhni uzaytirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan amal qilish muddati yakunlanayotgan vaqtinchalik sulhni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda u 21-aprel kuni kechqurun ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, sulh Eron o‘zining tinchlik bo‘yicha takliflarini taqdim etmaguncha va muzokaralar yakunlanmaguncha amal qiladi. Mazkur qaror Pokistonning iltimosiga binoan qabul qilingan bo‘lib, bu mamlakat muzokaralarda vositachi sifatida qatnashmoqda.

 

Tramp AQSh qurolli kuchlariga Eron portlari blokadasini davom ettirish hamda “boshqa barcha jihatlarda harakatga tayyor turish” bo‘yicha topshiriq berganini ham bildirgan.

 

Eron rasmiylari esa sulh uzaytirilganini tan olishdan bosh tortdi. Eron parlamenti raisi maslahatchisi Mehdi Muhammadi Tramp qarorini “hech qanday ma’noga ega emas” deb baholadi.

 

Uning ta’kidlashicha, “mag‘lub tomon shart qo‘ya olmaydi”, portlar blokadasini davom ettirish bombardimonlarga teng va bunga harbiy javob qaytarilishi lozim. Shuningdek, u sulhni uzaytirish AQSh tomonidan kutilmagan zarba berish uchun vaqt yutish urinishidir, deb hisoblashini bildirib, “Eronning qarshi hujum qilish vaqti ayni damda”, dedi.

 

Tramp bayonotidan avval Eron AQShni sulh shartlarini buzishda ayblagan. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi 21-aprel kuni kechqurun qilgan bayonotida Eron portlarining blokadasi urush harakati ekanini va bu sulh rejimini buzishini bildirgan. U, shuningdek, savdo kemasiga hujum qilinishi va uning ekipaji garovga olinganini “yanada qo‘pol buzilish” deb atagan.

 

Aroqchining qo‘shimcha qilishicha, Eron o‘z manfaatlarini himoya qilish va bosimga qarshi turish imkoniyatiga ega.

 

 AQSh va Eron 8-aprelga o‘tar kechasi tuzilgan ikki haftalik sulh muddati tugashidan oldin muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Muzokaralarning birinchi bosqichi 11–12 aprel kunlari Islomobod shahrida o‘tkazilgan, biroq tomonlar tinchlik bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.

 

Tomonlarning yana bir bor uchrashuvi ham aynan Islomobodda o‘tkazilishi kutilgan edi. Tramp 19-aprel kuni AQSh delegatsiyasi muzokaralarga yuborilganini ma’lum qilgan, biroq Eron AQSh harbiylari portlarni blokada qilayotgan sharoitda muzokaralarda qatnashishdan bosh tortgan.

 

Axios nashri xabariga ko‘ra, 20-aprel kuni kechqurun Eron delegatsiyasi oliy rahbar Mujtabo Xomanaiy tomonidan muzokaralar uchun ruxsat olgan. Shu bilan birga, Tasnim agentligi Eron 22-aprelga rejalashtirilgan muzokaralardan yakuniy ravishda voz kechganini bildirgan.

 

AQSh Eron portlari blokadasini aynan sulh amal qilayotgan davrda boshlagan. Hormuz bo‘g‘ozi dagi blokada 13-aprel kuni kechqurun boshlangan. AQSh harbiylari Eron yuklarini tashiyotgan kemalarni hamda Eron hududiy suvlariga kirgan kemalarni to‘sib qo‘ygan.

 

Eron rasmiylari bayonotlariga ko‘ra, aynan dengiz blokadasi Tehronning muzokaralarda ishtirok etishni istamasligining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan.

 

Vaqtinchalik sulhning muhim shartlaridan biri — neft tashish uchun strategik yo‘l hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozini ochish edi. Tehron ushbu yo‘lni ko‘pchilik kemalar uchun yopiq tutgan, faqat Eron bilan bog‘liq kemalargagina o‘tishga ruxsat bergan.

 

Ikki haftalik sulh davomida bo‘g‘oz to‘liq faqat bir kun — 17-aprel kuni ochilgan, biroq oradan bir kun o‘tib yana aksariyat kemalar uchun yopib qo‘yilgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.