O'zbekiston

60 ming dollar pora bilan ushlangan Namangan shahri sobiq hokimi ustidan sud boshlandi

Sobiq hokim ko‘p qavatli uy qurish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga pora olayotganida ushlangandi.

60 ming dollar pora bilan ushlangan Namangan shahri sobiq hokimi ustidan sud boshlandi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudida 60 ming AQSH dollari miqdorida pora olishda gumonlangan Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev va yana besh kishiga oid ishni ko‘rish boshlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, jami 6 nafar sudlanuvchining barchasi erkak bo‘lib, 3 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 3 nafariga esa “munosib xulq-atvorda bo‘lish” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 206, 209, 28,209, 210, 28,211 va 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

 

  • 167-modda: O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
  • 168-modda: Firibgarlik;
  • 205-modda: Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
  • 206-modda: Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
  • 209-modda: Mansab soxtakorligi;
  • 28−209-modda: Mansab soxtakorligida ishtirokchilik;
  • 210-modda: Pora olish;
  • 28−211-modda: Pora berishda ishtirokchilik;
  • 212-modda: Pora olish-berishda vositachilik qilish.

 

Avval xabar berilganidek, Otaxo‘jayev va poyabzal ishlab chiqaruvchi MCHJ rahbari o‘zaro til biriktirib, qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarodan shahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylashgan, ma’nan eskirgan turarjoy binolari o‘rniga ko‘p qavatli uy barpo etish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga 60 ming dollar talab qilgan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"