O'zbekiston

Bog'cha bolalari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovining final bosqichi o‘tkazildi

G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning ishlari Samarqandda o‘tkaziladigan Global ekologik fondning VIII assambleyasi va “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etiladi.

Bog'cha bolalari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovining final bosqichi o‘tkazildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Green University”da “Tabiat bolalar nigohida” respublika rasmlar tanlovining maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Respublika bosqichi tashkil etildi.

 

 

Ma’lumot uchun, tanlov Ekologiya qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kasbiy ta’lim agentligi bilan hamkorlikda MTT tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim hamda rassomlik va dizaynga ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-7, 8-10, 11-13 va 14-16 yoshdagi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

 

 

MTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi final bosqichida barcha hududlardagi bosqichlarda g‘olib bo‘lgan bolalar ishtirok etdi. Tanlov davomida ishtirokchilar tabiatning noyob manzaralarini o‘z nigohlari bilan tasvirlashdi va bir-biridan betakror suratlar chizishdi.

 

 

Yakunda o‘g‘il bolalar o‘rtasida Timur Alisherov 1-o‘rinni (Toshkent shahri), Salohiddin Shokirov 2-o‘rinni (Farg‘ona viloyati) va Usmonjon Ubaydullayev 3-o‘rinni (Samarqand viloyati) qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida esa 1-o‘rin Kumushoy Tursunbekovaga (Xorazm viloyati), 2-o‘rin Fotima Murodqulovaga (Samarqand viloyati), 3-o‘rin esa Mubina Hasanovaga (Navoiy viloyati) nasib etdi. G‘oliblar munosib taqdirlandi.

 

 

Tanlovning rassomlik va dizaynga ixisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida respublika bosqichi 7-may kuni, umumiy o‘rta ta’lim maktablar o‘quvchilari o‘rtasida hududiy bosqichlar esa 1-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning ishlari Samarqandda o‘tkaziladigan Global ekologik fondning VIII assambleyasi va “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etiladi.

 

 

Mazkur tanlov bolalar va yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda badiiy estetik didni shakllantirish, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish va ekologik madaniyatni shakllantirish, bolalarni atrof-muhitni asrash, uni go‘zallik bilan idrok etish hamda tabiat bilan uyg‘un yashashga o‘rgatish, yosh rassomlarning iste’dodini kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.