O'zbekiston

Termiz davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tajribasi o‘rganilmoqda

Termiz davlat universitetida oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Termiz davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tajribasi o‘rganilmoqda

22-aprel kuni Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligiga start berildi. Mazkur tadbir oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun amaliy tajriba almashish, sport sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda ilg‘or modellarni ommalashtirishga qaratilgan.

 

 

Ma'lum qilinishicha, tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘rotboy Sharipov,  Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, ishtirok etib, jismoniy tarbiya va sportni oliy ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashtirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. 

 

 

Mazkur seminar 2026-yil 7-aprel kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir. 

 

 

Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi. Bu tashabbus rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. 

 

 

Seminarning asosiy qismi Termiz davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi. Universitet hududida bugungi kunda 18 ta sport inshooti faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 6 ta yopiq va 12 ta ochiq sport maydonlari orqali talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 

 

So‘nggi yillarda mazkur sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2025-yilda sport infratuzilmasini yangilash va modernizatsiya qilish ishlariga 4,7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan birga, sport klublari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 3,2 milliard so‘m ajratildi. 

 

 

Natijada universitetda professional futbol, futzal, gandbol va voleybol jamoalari shakllantirilib, milliy va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Talabalar 2025-yil davomida jami 309 ta medalni qo‘lga kiritib, universitetning respublika miqyosidagi nufuzini yanada oshirishga hissa qo‘shdi. 

 

Tadbir doirasida talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasiga ham start berildi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 14 ta jamoa ishtirok etmoqda. Mazkur musobaqa xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. 

 

Seminar ishtirokchilari universitetda tashkil etilgan sport klublari, zamonaviy infratuzilma, shuningdek, sport tibbiyoti va mashg‘ulot jarayonlari bilan bevosita tanishmoqda. Bu esa oliy ta’lim tizimida sportni rivojlantirish bo‘yicha amaliy va samarali mexanizmlarni shakllantirishga zamin yaratadi. 

 

 

Shu bilan birga, universitetda xorijiy mutaxassislar ishtirokida mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu ta’lim va sport sifatini xalqaro standartlar asosida oshirishga xizmat qilmoqda. 

 

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — oliy ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, talabalarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda “Termiz tajribasi”ni respublika miqyosida keng joriy etishdan iborat. 

 

Seminar va sport haftaligi doirasidagi tadbirlar 24-aprelga qadar davom etadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"