O'zbekiston

Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV xodimi qamoqqa olindi

U 5,04 milliard so‘mlik shartnomalarni vazirlikdagi aloqalari orqali mahalliy korxonaga olib berganini da’vo qilgan.

Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV xodimi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming AQSh dollari talab qilgan mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent viloyatidagi tumanlardan birida faoliyat yuritgan rahbar mansab vakolatidan foydalanib, hududdan oqib o‘tuvchi uchta soy qirg‘og‘ini mustahkamlash hamda beton plitali yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi bo‘yicha umumiy qiymati 5,04 milliard so‘mlik shartnomalarni go‘yoki vazirlikdagi aloqalari orqali mahalliy korxonaga olib berganini vaj qilib ko‘rsatgan.

 

U mazkur korxona rahbaridan buning evaziga 63 ming AQSh dollari miqdorida ulush talab qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning mart-aprel oylarida ushbu mablag‘ning 24 ming dollari olingan.

Shundan so‘ng mansabdor qolgan 39 ming dollarni ham berishni talab qilib kelgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan pulning 25 ming dollarini o‘zining “Tracker” rusumli xizmat mashinasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"