Jahon

Eron AQShga urushni tugatish bo‘yicha taklif yubordi — Axios

Oq uy mazkur taklifni olgan, biroq Vashington uni qachon ko‘rib chiqishi ma’lum emas.

Eron AQShga urushni tugatish bo‘yicha taklif yubordi — Axios

Eron AQShga Hormuz bo‘g‘ozini ochish va urushni to‘xtatishni nazarda tutuvchi taklif yubordi. Bu haqda Axios nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yangi taklif Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi tomonidan o‘tgan dam olish kunlari (25–26 aprel) Islomobodda o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Pokiston vositachilari orqali AQShga yetkazilgan. Unga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish uzoq muddatga uzaytirilishi yoki tomonlar urushni butunlay yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin.

 

Taklifga muvofiq, Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar Hormuz bo‘g‘ozi ochilib, Eron portlariga qo‘yilgan blokada bekor qilingandan keyin boshlanishi mumkin.

 

Oq uy mazkur taklifni olgani aytilmoqda, biroq Vashington uni ko‘rib chiqishga tayyormi yoki yo‘qmi — hozircha noma’lum. 

 

Axios qayd etishicha, blokadaning bekor qilinishi va urushning tugatilishi AQShning Eron yadro dasturiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

 

 27 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralardagi vaziyat va keyingi ehtimoliy qadamlarni o‘z jamoasi bilan muhokama qilishi kutilmoqda.

 

Avvalroq, 24 aprel kuni Tramp o‘z vakillari — Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni Islomobodga muzokaralar uchun yubormoqchi bo‘lganini, biroq keyinchalik ularning safarini bekor qilganini ma’lum qilgan. Tramp Axios nashriga Eronning pozitsiyasi uni ushbu safarni bekor qilishga undaganini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi mojaro boshlanganidan buyon Hormuz bo‘g‘ozi yopilgan, AQSh esa Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini joriy etgan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.