O'zbekiston

Namanganda kanalda oqib ketayotgan 3 yoshli bola qutqarildi

FVB xodimi bolaning oqib ketayotganini payqagach, suvga sakrab uni olib chiqqan. Bolaga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgan va uning ahvoli yaxshi.

Namanganda kanalda oqib ketayotgan 3 yoshli bola qutqarildi

Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida 26-aprel kuni FVV xodimi kanalda oqib ketayotgan 3 yoshli bolani qutqarib qoldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa tumandagi “Mingterak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Katta Namangan kanalida sodir bo‘lgan.

 

Davlatobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Ulug‘bek Asqarov xizmatdan uyga qaytayotgan vaqtda kanalda 3 yoshli bolaning oqib ketayotganini payqab qolgan.

 

Shundan so‘ng qutqaruvchi zudlik bilan suvga sakrab, cho‘kayotgan bolani olib chiqqan va uning hayotini saqlab qolgan. Ma’lum qilinishicha, bolaga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgan va hozirda uning ahvoli yaxshi.

 

Qutqaruv jarayoni mahalliy aholi xonadonlaridan biriga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga ham tushib qolgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.