O'zbekiston

O‘zbekistonda ish joyidagi baxtsiz hodisalarda 62 kishi halok bo‘ldi

Eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat va qurilish sohalarida kuzatilgan.

O‘zbekistonda ish joyidagi baxtsiz hodisalarda 62 kishi halok bo‘ldi

 

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 198 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, qayd etilgan hodisalarning 9 tasi guruhli, 139 tasi og‘ir oqibatli bo‘lgan. 49 ta holat esa o‘lim bilan yakunlangan.

 

Mazkur baxtsiz hodisalar oqibatida jami 223 kishi jabrlangan. Shundan 146 nafari og‘ir, 15 nafari yengil tan jarohati olgan, 62 nafari esa vafot etgan.

 

Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat hamda qurilish sohalarida sodir bo‘lgan. Xususan, sanoatda 71 ta, qurilish tarmog‘ida esa 54 ta holat qayd etilgan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p hodisalar Toshkent shahrida 44 ta, Surxondaryo viloyatida 36 ta hamda Toshkent viloyatida 29 ta qayd etilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.