O'zbekiston

Prezident Quvada agrovoltaika texnologiyasi asosidagi majmua bilan tanishdi

Majmuada 100 dan ortiq oila daromadi oshgan, 350 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan.

Prezident Quvada agrovoltaika texnologiyasi asosidagi majmua bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Quva tumanida tashkil etilgan, agrovoltaika texnologiyasi asosida faoliyat yuritayotgan ilg‘or qishloq xo‘jaligi majmuasi bilan tanishdi.

 

Mamlakatimizda qishloq va suv xo‘jaligida energiya sarfi ortib borayotgani sababli “yashil” energiya manbalarini kengaytirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu nuqtayi nazardan agrovoltaika texnologiyasi bir yer maydonida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ham quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda 10 gigavattgacha quvvat yaratish salohiyati mavjud.

 

Mazkur yondashuv quyoshli iqlimga ega hududlarda, xususan, O‘zbekiston sharoitida yuqori samaradorlikka ega hisoblanadi. Quyosh panellari ekinlarni ortiqcha issiqlikdan himoya qilib, tuproq namligini saqlashga yordam beradi. O‘z navbatida, ekinlar ham yer yuzasidagi haroratni muvozanatda ushlab, quyosh panellarining barqaror ishlashiga ko‘maklashadi.

 

Majmuada suv tejamkorligi va samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar joriy etilgan. Xususan, Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi texnologiyasi asosida yomg‘irlatib sug‘orish tizimi qo‘llanilmoqda. Ushbu usul suvni bir maromda taqsimlash, tuproq namligini saqlash, o‘g‘itlarni maqsadli qo‘llash hamda hosildorlikni oshirish imkonini beradi.

 

Sinov natijalariga ko‘ra, ushbu texnologiya suv sarfini 40 foizga, o‘g‘it sarfini 35 foizga, qo‘l mehnatini 90 foizga qisqartirgan hamda hosildorlikni 25 foizga oshirishga xizmat qilgan.

 

110 gektar maydonda tashkil etilgan majmuada intensiv bog‘dorchilik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlari uyg‘unlashtirilgan. Bu mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya va suv tejovchi texnologiyalar asosida yaratilgan ilk agromajmualardan biridir.

 

Hududda o‘rnatilgan 10 mingta quyosh paneli elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga ekinlar uchun soya yaratish va tuproq namligini saqlashga xizmat qilmoqda. Baliqchilik tizimida esa energiya hisobiga kislorod berish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan, suv esa mineral moddalarga boy holda bog‘ va uzumzorlarni oziqlantirishda foydalanilmoqda.

 

Chorvachilik yo‘nalishida qoramollar quyosh panellari soyasida boqilib, tabiiy ozuqa bilan ta’minlanmoqda, hosil bo‘lgan organik o‘g‘it esa yer unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu tariqa majmuada energiya, suv, ozuqa va o‘g‘it bir-birini to‘ldiruvchi yagona tizim sifatida faoliyat yuritmoqda.

 

Mazkur yondashuv qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda majmuada 100 dan ortiq oilaning daromadi oshgan, 350 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan, eksport hajmi esa 2,5 million dollarni tashkil etadi.

 

Kelgusida ushbu tajribani respublikaning 13 ta hududida 2 ming gektar maydonda keng joriy etish rejalashtirilgan.

 

Tashrif davomida davlat rahbari agrodronlar yordamida ekinlarni parvarish qilish va monitoring qilish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.