O'zbekiston

Xorazmda yuzdan ortiq muammoli masala hal etildi — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Prezidentning viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosini o‘rganmoqda.

Xorazmda yuzdan ortiq muammoli masala hal etildi — Saida Mirziyoyeva

 

Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Prezident tomonidan hududni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlar ijrosi bilan tanishilayotganini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida yuzdan ortiq muammoli masala qisqa muddatda hal etilgan. Shu bilan birga, obyektlarning soni va ko‘lamidan qat’i nazar, ularning har biri alohida, sinchkovlik bilan va yakuniga qadar nazorat qilinishi ta’kidlandi.

 

Tashrif doirasida Xonqa tumanidagi mukammal ta’mirtalab 2-sonli maktab hamda qarovsiz qolib, avariya holatiga kelgan 49-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ko‘zdan kechirildi.

 

Shuningdek, Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialidagi sharoitlar ham o‘rganildi. Hozirda o‘quv auditoriyalari va bo‘lajak tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallangan maktab-internat bir binoda faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

 

Kelgusida qo‘shimcha bino qurilib, har bir muassasa uchun alohida va zamonaviy sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.