Jahon

AQSH harbiysi o‘ta maxfiy sirlarni oshkor qildi

U Ukrainaga ajratilgan pullarning o‘marilishini, AQShda hamon zarin gazi borligini va Eronning yangi oliy rahbarini yo‘q qilish ko‘rib chiqilayotganini aytdi.

AQSH harbiysi o‘ta maxfiy sirlarni oshkor qildi

Pentagonning kimyoviy himoya bo‘yicha yuqori lavozimli mulozimi Endryu Hagg maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda gumonlanib vaqtincha xizmatdan chetlatildi. Bu haqda yashirin tarzda suratga olingan video e’lon qilingach ma’lum bo‘ldi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yashirin videolavhada  Endryu Hagg tanishuv sayti orqali uchrashgan “qiz”ga (jurnalistga) o‘ta maxfiy ma’lumotlarni ochiqlagani aks etgan.

 

Hagg suhbat davomida Ukrainaga ajratilgan mablag‘larning o‘marilishi, AQSHda hamon taqiqlangan zarin gazi zaxiralari mavjudligi va Merilenddagi laboratoriyada xavfsizlik qoidalari buzilgani haqida so‘zlab bergan. Mulozim ushbu gazdan yaqinda bir kimyogarning halok bo‘lganini ham qo‘shimcha qilgan.

 

Shuningdek, u AQSH yadro arsenalining joylashuvi va Vashingtonning Eronga nisbatan yadroviy strategiyasiga oid sirlarni ham oshkor qilgan.

 

Hagg Vashington Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiyni jismonan yo‘q qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini inkor etmagan. U agar Xomanaiy noo‘rin harakatlar qilsa nishonga olinishini bildrigan. 

 

Bundan tashqari, u Eronning Minob shahridagi maktabga qilingan hujumda AQSHning bevosita ishtiroki borligini tasdiqlagan. 

 

“Urushda bolalar doim o‘ladi” — degan Hagg.

 

Video e’lon qilinganidan so‘ng Urush vaziri Pit Hegset Endryu Haggning tizimdan chetlatilganini ma’lum qildi.  Endryuga nisbatan davlat sirlarini oshkor qilish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilishi mumkin. 

 

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

AQSH harbiysi o‘ta maxfiy sirlarni oshkor qildi | Zamon.uz