O'zbekiston

Farg‘ona aeroportida yangi terminal va qo‘shimcha samolyot turargohlari quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona aeroportini rivojlantirish loyihasi bilan tanishib, viloyatga tashrifini yakunladi.

Farg‘ona aeroportida yangi terminal va qo‘shimcha samolyot turargohlari quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasi taqdimoti bilan tanishdi.

 

Bugungi kunda aeroport terminali o‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda. Mavjud infratuzilmaning o‘tkazuvchanlik quvvati, yo‘lovchilarga yaratilgan qulayliklar hamda aviatsiya va noaviatsiya xizmatlarini kengaytirish imkoniyatlari zamonaviy talablarni to‘liq bajarmayotgani qayd etildi.

 

Shu bois hududning iqtisodiy faolligi ortib borayotgani, sayyohlar oqimi ko‘payayotgani hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish zarurati hisobga olinib, aeroport infratuzilmasini kompleks rivojlantirish rejalashtirilgan.

 

Taqdimotda uchish-qo‘nish yo‘lagini uzaytirish va kengaytirish, aerodrom infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi yo‘lovchi hamda yuk terminallarini barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Maydoni 20 ming kvadrat metr bo‘lishi rejalashtirilayotgan yangi yo‘lovchi terminali hozirgi imkoniyatlarga nisbatan ikki barobar ko‘p — bir vaqtning o‘zida 1 ming 200 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, qo‘shimcha samolyot turargohlari barpo etilib, havo kemalarini joylashtirish imkoniyati 10 tagacha yetkaziladi. Yangi terminalda keng kutish zallari, zamonaviy servis nuqtalari, qulay ro‘yxatdan o‘tish va nazorat tizimlari, shuningdek, yuqori martabali mehmonlar uchun alohida xizmat ko‘rsatish hududlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Davlat rahbari aeroport har qanday hududning “darvozasi” ekanini ta’kidlab, bu yerda zamonaviy servisni yo‘lga qo‘yish, transport va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq yondosh tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

Loyihalash, qurilish va yangi terminalni keyinchalik boshqarish ishlarini xalqaro standartlar asosida, tajribali xorijiy operatorlarni jalb etgan holda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

 

Mazkur loyiha Farg‘ona vodiysida transport bog‘liqligini kuchaytirish, sayyohlar oqimini oshirish hamda hududning logistika markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Shu bilan Oʻzbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlandi, davla rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.